Migratsiya

Moskalkova noqonuniy migrantlarning yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr NatruskinUpolnomochennыy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova na press-konferentsii v Mejdunarodnom multimediynom press-tsentre MIA "Rossiya segodnya".
Upolnomochennыy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova na press-konferentsii v Mejdunarodnom multimediynom press-tsentre MIA Rossiya segodnya. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyalik ombudsmen noqonuniy migratsiya muammosiga eʼtibor qaratib, Yevroosiyo davlati chegaralarida yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelganini aytdi. Bu, avvalo, migrantlarning oʻziga yordam beradi.

TOSHKENT, 17 dekabrya - Sputnik. Rossiya prezidentining inson huquqlari boʻyicha maslahatchisi Tatyana Moskalkova noqonuniy migrantlarning yagona maʼlumotlar bazasi oʻziga kirishga taqiq qoʻyilganidan bexabar kishilarni duch keladigan muammolardan ogohlantirishga yordam beradi deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Upolnomochennыy po pravam cheloveka v RF Tatyana Moskalkova - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Sobiq SSSR aholisiga Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtirish kerak – ombudsmen

“Noqonuniy migratsiya muammosi alohida dolzarbligicha qolmoqda. Yevroosiyo davlati chegaralarida noqonuniy migrantlarning kirishiga cheklov qoʻyilgani haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan yagona axborot bazasini yaratish zarurati yuzaga kelgan. Baʼzan kishi unga kirish taqiqlanganini bilmaydi: u chegaraga keladi va qiyin ahvolda qoladi. Biz bunday kishilarni himoya qilmoqchimiz”,  - dedi Moskalkova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga taqiq qoʻyilgani xabar qilingan edi.

Rossiya qonunchiligiga koʻra, ikki va undan ortiq marta maʼmuriy huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3 yil muddatga taqiq qoʻyilishi mumkin.

Agar xorijiy fuqaro, ushbu taqiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yoʻl bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, yanada qattiqqoʻl jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migratsiya xizmatining rasmiy saytida oʻzlariga nisbatan taqiq qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganini tekshirishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala