Pentagon rahbari Erdog‘anning Injirlik bazasi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Obuna bo‘lish
Mark Esper Turkiya prezidentining amerikalik harbiylar uchun Injirlik bazasi yopilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Pentagon rahbari Mark Esper Turkiya prezidenti Tayyib Erdog‘anning amerikalik harbiylar uchun Injirlik bazasi yopilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Bu xabar menga ilgariroq yetkazilmagan edi. Ilk bor bu haqda gazetalarda o‘qidim... shuning uchun mudofaa vaziridagi hamkasbim (Turkiya – Sputnik) bilan ular aslida nimani nazarda tutishgani va ular naqadar jiddiy ekanliklarini bilib olish uchun gaplashishim kerak”, - dedi Esper jurnalistlarga.

Turkiya AQSh uchun Injirlik aviabazasini yopish bilan tahdid qildi

Esperning jurnalistlar bilan muloqoti stenogrammasi Pentagon saytida e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Anqara Injirlik va Kurejik bazalarini AQSh sanksiyalariga javoban yopishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0