Pokistonning sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm qilindi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat ayblovi bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat ayblovi bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Dawn” gazetasi xabar qildi.

Maxus sud hukmiga ko‘ra, sobiq davlat rahbari Pokiston Konstitutsiyasining oltinchi moddasiga muvofiq aybdor deb topilgan.

Parvez Musharrafga qo‘yilgan ayblovlar uning 2007-yilda mamlakatda favqulodda holat joriy etishi va Oliy sud a’zolarini hisbga olishni buyurgani bilan bog‘liq.  Musharraf 2001-yildan 2008-yilgacha Pokiston prezidenti vazifasini bajargan.

72 yoshli Musharraf hozirda Dubayda. Tergov versiyaga ko‘ra, u o‘ziga nisbatan qo‘yilgan jinoiy ayblovlar tufayli u yerga qochib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0