Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga joʻnab ketdi

Qayd etilishicha, davlat rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin koʻp qirrali hamkorlik bogʻlab turadi. Davlat rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi. 

Flag Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Yaponiyada Oʻzbekistondagi keng koʻlamli va jadal islohotlar yuqori baholanmoqda

Mirziyoyev dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida boʻladi. Tokio shahrida Yaponiya Imperatori, Bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻlishi xabar qilingan edi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala