Jamiyat

Yaponiya Oʻzbekistonga Orol fojiasini bartaraf etishda yordam bermoqchi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPosadki saksaula na dne Aralskogo mora
Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik Oʻzbekiston
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari Sanjar Valiyev Yaponiya Oʻzbekistonga ekologik muammolarni bartaraf etishda yordam bermoqchi ekanini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari Sanjar Valiyev Yaponiya Oʻzbekistonga ekologik muammolarni bartaraf etishda yordam bermoqchi ekanini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

“Yaponiya Oʻzbekistonga Orol dengizi fojiasi kabi ekologik muammolar oqibatlarini bartaraf etishda yordam bermoqchi”, - dedi u.

Aralskoye more - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Orolboʻyida innovatsiya va texnologiyalar hududi tashkil etiladi

Valiyevning soʻzlariga qaraganda, Yaponiya hukumati mamlakatda innovatsiya va yuqori texnologiyalarni rivojlantirishda ham koʻmaklashmoqchi.

Valiyev Yaponiya Markaziy Osiyoda, avvalo Oʻzbekistonda energetika va sanoat infratuzilmalarini rivojlantirishga qiziqish bildirayotgani va Oʻzbekistonni mintaqadagi muhim hamkor sifatida koʻrishini qayd etdi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960 yilga qadar hududi boʻyicha dunyoning eng yiriklari orasida toʻrtinchi boʻlgan. Soʻnggi 55 yilda orol hududi deyarli uch baravar qisqardi, suv sathi 29 metrga pasaydi va suv hajmi esa 15 karra kamaydi, uning tuzlanganlik darajasi oshib, baliqlar esa nobud boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyi oxirida Nukusda Orolboʻyi muammolariga bagʻishlangan konferentsiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Belarus va Qozogʻistondan yetakchi mutaxassis-ekspertlar hamda BMT va YEI vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala