O‘zbekistonda yuklarni qo‘riqlash uchun yig‘im miqdori oshadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda harbiylashtirilgan naradlari tomonidan qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori oshiriladi.

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. 2020-yilning 1-yanvaridan eng kam ish haqi miqdorining oshishi munosabati bilan O‘zbekiston harbiylashtirilgan naradlari tomonidan qo‘riqlanadigan yuklar uchun yig‘im miqdori ham oshadi. Bu haqda O‘zbekiston Temir yo‘llari AJning  axborot-tahliliy media markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida harbiylashtirilgan naradlar tomonidan kuzatib boriladigan mahalliy, eksport va import tovarlari uchun yig‘im miqdori 1 vagon-km va konteyner-km.ga 414 so‘m(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun esa 1 vagon va konteyner  uchun yig‘im miqdori -0,11 AQSh dollar(QQS bilan birga)ni tashkil etadi.

Harbiylashtirilgan naradlar tomonidan kuzatib boriladigan vagonlar soni 1 dan 5 tagacha bo‘lsa, yig‘im stavkasi - 414 so‘m(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Shuningdek, vagonlar soni 5 tadan ortiq bo‘lsa yig‘im miqdori 394 so‘m(QQSdan tashqari) bo‘ladi.

Qo‘riqlanadigan vagonlar sonining yalpi og‘irligi 3-5 yoki 40 tonna bo‘lganda yig‘im stavkasi - 414 so‘m(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0