“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Roman Denisov / Mediabankka o‘tishNa trasse slaloma
Na trasse slaloma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti O‘zbekistondagi birinchi zamonaviy tog‘-chang‘i kurortdir. Loyihaning umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” zamonaviy tog‘-chang‘i kurorti ochiladi. Bu haqda kurort ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichi 2019-yilning IV choragida, ikkinchi bosqichi esa 2022-yilning III choragida yakunlanishi rejalashtirilgan

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 892 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, 580 o‘ringa mo‘ljallangan. Loyiha bo‘yicha 300 yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Alpinisti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining ochilish marosimi keyingi yilga qoldirildi

Qishki dam olish maskani umumiy hisobda uzunligi 3 km. dan ortiq 2 ta osma dor yo‘li va jami 10 km. bo‘lgan turli murakkablikdagi 8 ta tog‘-chang‘i trassalariga ega. Bundan tashqari, tog‘-chang‘i kurortida qish mavsumi uchun umumiy uzunligi 21,93 km. bo‘lgan dor yo‘li mavjud bo‘lib, uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2400 kishini tashkil qiladi.

Argentina, Ispaniya va Daniya mutaxassislari nazorati ostida turli murakkablikdagi 15 km. uzunlikdan iborat tog‘-chang‘i yo‘llari qurildi. Ularning 4 tasi kurortning eng yuqori nuqtasidan boshlanadi, eng uzun trassa esa 3550 metrni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti  O‘zbekistonda qurilayotdagi eng yirik va kutilgan turistik obyektlardan biri. Loyiha mamlakatdagi birinchi zamonaviy tog‘-chang‘i kurorti bo‘lib, unda mijozlarga qulay, xavfsiz va sifatli, jahon talablari darajasida xizmat ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti 2018-yil dekabrida ochilishi kerak edi. Biroq elektr energiyasini yetkazib berish va avtomobil yo‘llari qurilishidagi muammolar tufayli ochilish marosimi ortga surilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0