“ID” Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun plasdarm tayyorlamoqda – Patrushev

© AP Photo / Militant website via AP, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini ta’kidladi.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti Afg‘onistonda Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun plasdarm (maydon) tayyorlayotganini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uning so‘zlariga qaraganda, Afg‘onistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda. “IShID”ning kuchayishi katta tashvishga solmoqda.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

Patrushev Afg‘oniston hukumati kuchlarining yaqinda o‘tkazgan amaliyoti natijasida 600 nafardan ziyod jangarilarning yo‘q qilingani yoki asirga olinganiga qaramay, mamlakatda turli ma’lumotlarga ko‘ra 2,5 mingga yaqin jangarilar qolmoqda.

“Ishidchilar asosiy sa’y-harakatlarini o‘zlarini Afg‘oniston shimolida bo‘lishlariga qaratishmoqda. U yerda allaqachon ikki mingdan ziyod jangarilar toliblarga qarshi kurashish va Tojikiston va Turkmaniston orqali Markaziy Osiyo mintaqasiga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun to‘plangan”, - dedi Patrushev Tehronda Xavfsizlik kengashi kotiblari va Afg‘oniston bo‘yicha milliy xavfsizlik maslahatchilari yig‘ilishida.

General Do‘stum Afg‘oniston shimoliga keng ko‘lamli yurish boshladi

Patrushev jangarilarning yakuniy maqsadi Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mamlakatlari hududini birlashtiruvchi Buyuk Xuroson deb ataluvchi davlat tuzish ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0