Siyosat

Mirziyoyev Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s gubernatorom prefekturы Aichi
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s gubernatorom prefekturы Aichi  - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda oʻzaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev i yego supruga Ziroat Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston va Aichi prefekturasi oʻrtasida taʼlim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va qoʻshma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

“Oʻzaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga kelgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala