Siyosat

Mirziyoyev Taro Aso bilan qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya premyer-ministra, ministra finansov Yaponii Taro Aso.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya premyer-ministra, ministra finansov Yaponii Taro Aso.  - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Yaponiya bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vazirini qabul qildi. Uchrashuvda qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

TOSHKENT, 18 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Mirziyoyev Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

V Universitete Nagoi proshla torjestvennaya tseremoniya prisvoyeniya Prezidentu Respubliki Uzbekistan Shavkatu Mirziyoyevu zvaniya pochetnogo doktora - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi

Taʼkidlanishicha, oliy darajadagi tashrif arafasida ikki mamlakatning koʻp sonli kompaniya va banklari ishtirokida oʻtgan misli koʻrilmagan darajadagi biznes forumning yuqori natijalari yuksak baholandi.

Uchrashuvda investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif davomida soliq sohasi va bojxona ishi boʻyicha imzolanayotgan ikki tomonlama bitimlar ahamiyati qayd etilib, bu uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishi taʼkidlandi.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari va moliya tizimini isloh etishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala