Siyosat

Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Universitete Nagoi proshla torjestvennaya tseremoniya prisvoyeniya Prezidentu Respubliki Uzbekistan Shavkatu Mirziyoyevu zvaniya pochetnogo doktora
V Universitete Nagoi proshla torjestvennaya tseremoniya prisvoyeniya Prezidentu Respubliki Uzbekistan Shavkatu Mirziyoyevu zvaniya pochetnogo doktora - Sputnik Oʻzbekiston
Nagoya universitetining ilmiy kengashi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev i yego supruga Ziroat Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Nagoya universitetining ilmiy kengashi taʼlim sohasini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi hamda ilm-fan va akademik almashinuvlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlagani uchun, shuningdek, Oʻzbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni liberallashtirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi islohotlar eʼtirofi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Mazkur unvonni topshirish marosimida universitet rahbariyati, professor va oʻqituvchilari, talabalari hamda Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.

Marosimda Nagoya universiteti prezidenti Seyichi Matsuo soʻzga chiqib, Oʻzbekiston rahbari ikki mamlakat oʻrtasida ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratayotgani, ushbu qaror taʼlim sohasidagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkorlikni yanada kengaytirishga tomonlarning intilishi ifodasi ekanini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida oʻzbek va yapon xalqlarini oʻxshash milliy va axloqiy qadriyatlar bilan birga ilm-fan va tafakkurga, kamolotga doimo intilib yashash kabi ezgu fazilatlar birlashtirib turishini taʼkidladi. Zamonaviy dunyoda inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion gʻoyalar, yuqori texnologiyalar jadal va barqaror taraqqiyotning fundamental asosini tashkil qilayotganini qayd etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Universitete Nagoi proshla torjestvennaya tseremoniya prisvoyeniya prezidentu Uzbekistana Shavkatu Mirziyoyevu stepeni pochetnogo doktora
Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi - Sputnik Oʻzbekiston
V Universitete Nagoi proshla torjestvennaya tseremoniya prisvoyeniya prezidentu Uzbekistana Shavkatu Mirziyoyevu stepeni pochetnogo doktora

Davlat rahbari, shuningdek, Oʻzbekiston – Yaponiya hamkorligida ulkan ishlar amalga oshirilganini qayd etib, ayni vaqtda bu borada ishga solinmagan imkoniyatlar ham borligini taʼkidladi hamda qator takliflarni ilgari surdi. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ilmiy-akademik almashuvlar va texnologiyalar transferi boʻyicha Oʻzbekiston-Yaponiya qoʻshma fondini tashkil qilishni taklif etdi.

Ushbu fond ilmiy tadqiqotlarni, ikki mamlakat yosh olimlarining birgalikdagi ilmiy izlanishlarini moliyalashtirish, talaba va professor-oʻqituvchilar almashuvi boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Prezident Oʻzbekiston – Yaponiya azaliy doʻstligining ramzi sifatida mamlakatimizda oʻzbek va yapon tillarida chop etilgan bir qancha kitob va albomlarni Nagoya universiteti kutubxonasiga taqdim etdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifining Nagoyadagi tadbirlarga boy dasturi oʻz nihoyasiga yetdi. Respublika rahbari Tokioga joʻnab ketdi. Aeroportda uni Aichi prefekturasi va Nagoya shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala