TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. Tojik-qirgʻiz chegarasida yuz bergan mojaro vaqtida Qirgʻiziston IIV Ichki qoʻshin harbiy xizmatchisi yaralandi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston mamlakat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan.
Bugun ertalab chegara hududi yaqinida istiqomat qiluvchi taxminan 180 nafar Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari bir-biriga tosh otishdi. Shu munosabat bilan ikki davlat chegara xizmati, huquq tartibot va viloyat maʼmuriyati vakillari muzokara oʻtkazdi.
“Muzokara vaqtida soat 11:30 da Tojikiston tomonidan nomaʼlum shaxslar Qirgʻiziston fuqarolariga qarata tosh otishni boshlashdi. Qirgʻizistonliklar oʻz navbatida ikki mashina old oynalarini tosh bilan sindirishdi. 20 daqiqadan soʻng Tojikiston tomonidan, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kichik kalibrli miltiqdan oʻq otildi. Buning oqibatida Qirgʻiziston IIV Ichki qoʻshin harbiy xizmatchisi yaralandi”, - deyilgan chegara xizmati xabarida.
Taʼkidlanishicha, muzokara toʻxtatilgan. Hozirgi vaqtda tomonlar ikki davlat chegara tumanlarida yashaydigan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormoqda.
Tojik-qirgʻiz chegara uchastkasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Chegara bosh shtab rahbari – raisning birinchi oʻrinbosari Abdikarim Alimbayev Batken viloyatiga joʻnab ketdi.