O‘zbekistonda 26-dekabr kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

© AFP 2023 / Stan HondaPolnoe solnechnoe zatmenie v Chili
Polnoe solnechnoe zatmenie v Chili  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Halqasimon quyosh tutilishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. 26-dekabr kuni O‘zbekistonda Halqasimon quyosh tutilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu astronomik hodisani esa respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin.  

Sayyora zulmatda: Quyoshning to‘la tutilishi – sara suratlar

Quyosh tutilishi tonggi soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi.

Soat 9:00 lar atrofida tutilish maksimum ko‘rinishga ega bo‘ladi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.

Yangiliklar lentasi
0