"Milliy tiklanish" yetakchisi ayollar roli, kamtarlik va lotin alifbosi haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAlisher Kadirov, predsedatel partii"Milliy tiklanish" i zamestitel spikera Zakonodatelnoy palati
Alisher Kadirov, predsedatel partiiMilliy tiklanish i zamestitel spikera Zakonodatelnoy palati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlamentdagi 150ta o‘rin uchun mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan: O‘XDP, O‘zLiDep, "Adolat", "Milliy tiklanish" va Ekologik partiyalaridan 750 nomzod o‘zaro kurash olib bormoqda. Sputnik barcha siyosiy partiyalar vakillari bilan muloqot qildi va qonunchilikka ular qanday o‘zgarishlarni kiritishni taklif etayotganini aniqladi.

O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi raisi Alisher Qodirov Sputnik O‘zbekiston agentligiga bergan intervyusida nega O‘zbekistonda ayollar kamroq ishlashi kerakligi va chet eldagi mehnat migrantlari hayotini qay tarzda yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligi haqida gapirdi.

- Saylovoldi dasturingizning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

- O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasini bosh shiori - "Milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga" zamirida insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish g‘oyasi yotadi. Biz insonni o‘zgartirishning asosiy obyekti sifatida oila, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda maktabni ko‘rapmiz. Chunki oiladagi muhitning bugungi kundagi jamiyatni shakllanishida juda ham ta’siri kuchli. Shu bois, ayolning bugungi oiladagi muhit, jamiyatdagi ijtimoiy faollashuvi jarayonlariga o‘zgartishlar kiritish kerak, deb hisoblaymiz. Bugungi kunda oiladagi farzandlar tarbiyasi jarayonlaridagi muammoli holat, ayollar orasidagi jinoyatchilikning oshishi bilan bog‘liq masalalar - oiladagi muhitning keskinlashuviga va oiladagi muhitni biz o‘ylagan qadriyatlar chegaralaridan tashqariga chiqib ketayotganligi sababli, deb hisoblaymiz, demak ayolni bugungi kundagi turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash kerak. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan tarbiya tizimlarini qayta ishlash kerak va bugungi kun talablaridan kelib chiqib isloh qilish kerak.

Deputatlikka nomzodlar - Sputnik O‘zbekiston
Saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar haqida nimalarni bilasiz?

Maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrovni bosqichma-bosqich to‘liq erishish bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarini davlat ta’minotiga o‘tkazish va albatta xususiy davlat sherikchiligiga e’tibor berish, xususiy bog‘chalarning bo‘lishiga ham bizning e’tirozimiz yo‘q, lekin uning ichidagi mazmun-mohiyatini davlat muntazam nazorat qilishi kerak va bog‘chalarning davlat ta’minotida bo‘lishini muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, maktabdagi ta’lim konsepsiyasini tubdan isloh qilish kerak. Maktabda tarbiya ustuvorligiga ega bo‘lgan ta’lim tizimini ta’minlash kerak. Maktabdagi bugungi sharoit o‘qituvchini erkin ishlashi uchun yetarli emas: maktabda bugun o‘qituvchi o‘zini darsidan boshqa juda ko‘p masalalar haqida bosh qotirishga majbur. U maktabning moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha ham mas’ul shaxsga aylanib qolgan, sinf rahbarliklari orqali o‘ttiz-o‘ttiz besh nafar bolaning "issiq-sovug‘iga" javob beradi. Undan tashqari yana ayrim ijtimoiy vazifalar bo‘yicha o‘qituvchiga mas’ullik yuklatilyapti. Bularning barchasi o‘qituvchiga kelajakni yaratishga, haqiqiy ma’noda ta’lim berish vazifasini bajarishiga halaqit berayapti. Bundan tashqari maktabda bugun bolalarimizga tarbiya berish metodikasi mavjud emas. Maktablarda tarbiya darsliklarini joriy qilish hamda qadriyatlarimiz va umuminsoniy e’tirof etilgan qadriyatlarga tayangan 1-11 sinf jarayonida davom etadigan bolalarning yosh kompetensiyasiga doir bo‘lgan tarbiya jarayonlarini shakllantiradigan tarbiya darsliklarini joriy qilish muhim. Eng asosiysi esa, oiladan boshlangan tarbiya jarayonlarini maktab ostonalarida davom ettirib, maktabni bitirib ketayotgan farzandlarimiz bugungi kun talablariga to‘la javob bera oladigan zamonaviy, erkin fikrlay oladigan, milliy qadriyatlarni va umuminsoniy e’tirof etiladigan qadriyatlarni hurmat qiladigan ozod, erkin, o‘zini hamda jamiyatni hurmat qiladigan insonni tarbiyalash maqsadidir. Mana shularning barchasi insonni o‘zgartirish orqali jamiyatni o‘zgartirish g‘oyamizni tub mohiyatini tashkil qiladi.

- Sizning partiyangiz saylovlarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari", g‘oyasini ilgari suradi. Respublikada milliy o‘zlikni yo‘qotish singari muammo shunchalik dolzarbmi? Bu nimada o‘z aksini topadi? Sizlar bu muammoni qay tarzda yechmoqchisizlar?

- Bugun faqat bizda emas, butun dunyoda ko‘rinyaptiki, inson o‘zini qadriyatini yo‘qotganligini anglashni boshladi. Jamiyatlar iqtisodiy rivojlanishga erishdi, iqtisodiy farovonlikka erishdi, lekin inson huzur-halovatini topishga erisha olmadi. Bu nafaqat uchinchi dunyo davlatlari, rivojlanayotgan mamlakatlar, balki rivojlangan mamlakatlarda ham ko‘rinayotgan masala. Aynan shu nuqtayi-nazardan biz O‘zbekistonda ham aynan shunga o‘xshash masalalar bor, deb hisoblaymiz.

Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

Bugun biz qadriyatlarimizni o‘sha keng quloch yozayotgan va ta’sir doirasi borgan sari kengayib borayotgan ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlaridan himoya qilishimiz kerak, deb hisoblaymiz. Biz millat sifatida bundan bir necha o‘n yillar oldin, hatto mana shu yuz yil atrofidagi davrda eshiklariga qulf osmagan bir millatmiz. Biz shunday bir millatmiz-ki, o‘g‘ridan qo‘rqmaganmiz. Nimaga? Chunki odamlarimiz birovni haqqidan qo‘rqqan. Ammo bugungi kunda jamiyatimizga korrupsiya degan illat bemalol kirib kela olyapti. Bizni qadriyatlarimizda ayolni hurmat qilish, oilani hurmat qilish, farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor kabi masalalar  - bu tabiiy jarayon bo‘lgan. Lekin bugun jamiyatda o‘tkazgan so‘rovlarimiz shuni ko‘rsataptiki - 67% ota-onalar tarbiyaning tub mohiyati nimadan iborat ekanligini anglay olmayapti. Bu biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi kerak. Agar biz O‘zbekistonni yaqin 100-yil ichida o‘z qadriyatlari va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holatda rivojlanish yo‘lini topishini istaydigan bo‘lsak, biz ta’lim sohasiga tarbiyani kiritish va ta’lim-tarbiyani uzluksizligini ta’minlagan holda qadriyatlarimizga tayangan tarbiya tizimini joriy qilishimiz - masalani yechimi, deb hisoblaymiz va bunga talab bor.

Bugungi kunda bunga ehtiyoj mavjud ekanligini rad etib bo‘lmaydi.

- O‘zbekistonda ajrimlar sonini qisqartirish uchun partiyangiz ayol ish vaqtini qisqartirish va uning maoshini oshirish taklifini ilgari surmoqda...

- To‘g‘ri, sababi bugun biz oilada ikkita asosiy muammoni ko‘rayapmiz. Birinchisi: yoshlarni orasida jinoyatchilik ko‘payib ketdi. Bu millatimizga xos emas. Ikkinchisi: ayollar orasidagi jinoyatchilik: turi va soni ortib borapti. Bu ikkita masala biz uchun oiladagi muhitni keskinlashuvi bilan bog‘liq va bu keskinlashuvni asosiy sababchisi sifatida ayolni ijtimoiy faolligini keskin ortganligi, deb hisoblayapmiz.

Ayol bugun oiladan ertalab eri bilan birga chiqib ketadi va kechqurun u bilan birga kirib keladi. Ayol ham charchaydi, erkak ham charchaydi. Erkak kishi uyga dam olish uchun keladi, ayol kishi yana uyga xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish uchun keladi. Bundan tashqari ayolni zimmasida tarbiyani shakllantiruvchi ustuvor kuchli mas’uliyat bor. Otani oilada yakka holatdagi tarbiyachi sifatida tasavvur qilish qiyin. Lekin onasiz oilani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun biz bugungi kunda, bu tezlashgan zamon, bu raqobat muhiti keskinlashayotgan bir sharoitda ayolga qulay mehnat sharoitini yaratib berish oiladagi muhitni o‘zgartiradi, deb hisoblaymiz. Agar biz bugun 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan ayollarga moslashuvchan ish tizimini taklif qiladigan bo‘lsak, ayolni zimmasidagi keskinlik biroz yengillashadi. U erkak kishidan 2 soat oldinroq uyga kelish imkoniyatiga ega bo‘lsa, maktabdan qaytgan bollarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, ular bilan birgalikda dars qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, va qo‘ying-ki, o‘sha erkak kishi ishdan kelgandan keyin uyda asablari tinchigan, va biroz dam olishga ulgurgan ayolni ko‘radigan bo‘lsa, oiladagi muhit baribir o‘zgaradi. Aynan shu sababli biz bugun jamiyatdagi oilaviy ajrimlar, yoshlar orasidagi jinoyatchilik, ayollar orasidagi jinoyatchilikni barchasini sababini ayolga turmush va mehnat sharoitlarini qulay yaratilmaganligida ko‘rmoqdamiz. Agar biz shu oqimni, shu muhitni o‘zgartiradigan bo‘lsak, biz aytayapmizki, mana shu bizni oldimizdagi muammolarni yechimiga sezilarli ta’sir qilgan bo‘lamiz.

- O‘zbekiston ayollarining aksariyati maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablarda faoliyat yuritadilar. Ularning ish soati qisqarishini qanday tasavvur qilayapsiz? Sizlar ilgari surayotgan taklif bugungi kunda juda ko‘p tilga olinadigan "gender tenglik" tushunchasiga zid emasmi?

-  Ayolga qo‘shimcha vaqt berish – ayolning huquqini buzish emas. Ayolning tengligiga rahna emas. Biz ayolni oiladagi rad etib bo‘lmas o‘rni haqida gaplashayapmiz. Ayolni oiladagi hal qiluvchi ahamiyatini hech kim rad etolmaydi. Ayolni erkak kishi bilan qancha teng qilishingizdan qat’i nazar, u oiladagi ustunlik: ya’ni farzandni tarbiyasi, qolaversa o‘sha oilani erkaginiyam sharoitini tashkil qilish, ro‘zg‘or tashvishlari kabi masalalarni ayolni zimmasidan hech kim olib qo‘yolmaydi. Ayol oilani tashkil qiluvchi va oilani huzur-halovatini ta’minlovchi eng muhim mas’ul hisoblanadi. Hamon shunday ekan, biz aynan shu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun unga qo‘shimcha imkoniyat yaratib berish haqidagi taklifimiz ayolni huquqini buzish emas, qaytaga ayolni bizni qadriyatimizdagi o‘rnini tiklash, deb hisoblaymiz. Qolaversa, gender tenglik deganda, masalan G‘arb davlatlari ayol bilan erkakni tenglashtirishni o‘ylashi mumkin, lekin biz shunday tushunchadamizki, bizni qadriyatlarimizda ayol bilan erkakni tenglashtirish shart emas, chunki bizda ayolni qadri erkaknikidan balandroq. Erkaklar ayollarni hech qachon ortiqcha yuk bilan yuklagisi kelmaydi. Hatto, mana muqaddas Islom dinida ham shu gap aytilganki, onasini rozi qilmagan odam Jannatga kira olmaydi. Yoki mana, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) tomonidan aytilgan bir Hadisi Sharif borki, uch marta onangni rozi qilgandan keyin otangni rozi qil, degan. Shu o‘rinlarda bizni qadriyatlarimizda ayolni jamiyatni, va umuman insoniyatni kelajagini shakllantiruvchi o‘rni bor. 

Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saylovlarda ovoz berish vaqti qisqartirildi

Bu rollarni biz rad etolmaymiz. Buni qandaydir ayollarni huquqlarini tenglashtirish o‘lchovlari bilan o‘lchash noto‘g‘ri. Bu yerda ayolni muqaddas o‘rni haqida gap ketayapti. Aynan shu nuqtayi-nazardan qaraladigan bo‘lsa, gender tengligi haqidagi gaplar o‘rinli emas. Bog‘cha, maktablardagi sharoit masalasiga bo‘yicha esa, bog‘chada, ayol uchun sharoit yaratib berganingizdan keyin, ona vaqtliroq ishdan chiqqandan keyin bolasini ham o‘z-o‘zidan vaqtliroq oladi. Bu birinchidan. Ikkinchidan, biz moslashuvchan tizim haqida gapirayapmiz. Har bir oilani o‘sha bog‘chadan bolasini olishi, bog‘chaga berishi – vaqt nuqtayi nazaridan kelishish sharoitlariga ega bo‘ladi. Qolversa, mana Yaponiya tajribasida ko‘ramiz, hatto chaqaloqlarni bog‘chaga berish imkoniyatiga ega bo‘lgan tizimlar yaratilgan. Bu sohada biz tarbiyachi mutaxassislarni shakllantirish haqidagi taklifimiz bor. Asosiy maqsadimiz bitta – ayolni bugungi kundagi yelkasidagi yukni yengillashtira olmasak, oiladagi muhitni o‘zgartira olmaymiz, tarbiya bo‘yicha aytayotgan takliflarimizni ro‘yobga chiqarishni ta’minlay olmaymiz. Buning hammasi ayol bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun uning tizimlari haqida bizlarning aniq takliflarimiz bor.

- Hozirda partiyalarga erkinlik, bepul efir vaqti berildi. Sizlar yangi imkoniyatlarni sezdingizmi?

- O‘tgan safargi saylovlarda ham qatnashgan ishtirokchi sifatida ochiq aytishim mumkin, O‘zbekiston tubdan yangilanyapti. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan boshlangan yangilanish siyosati parlament faoliyatida, umuman siyosiy partiyalar faoliyatida tub burilish uchun sharoit yaratib berdi - siyosiy burilish yuzaga keldi. O‘zbekistondagi bugungi siyosiy raqobat tubdan o‘zgargan. Bugun partiyalar haqiqiy ma’noda o‘zining g‘oyasi bilan Parlamentdagi yetakchi partiya bo‘lish uchun kurashayapti. "Milliy tiklanish" partiyasi mana shu islohotlardan samarali foydalandi va partiya tubdan isloh bo‘ldi. Partiyani boshqaruvidan tortib, elektorati bilan ishlash, g‘oyalarni shakllantirish, dasturini ro‘yobga chiqarishni tahliliy-tashkiliy tizimlari bo‘yicha tubdan yangicha yondashuv amalga oshirildi. Partiya bugun ochiq raqobatda raqobatchi hisoblangan partiyalar bilan kurashmoqda. Bizni maqsadimiz parlamentda yetakchi partiya bo‘lish va bosh vazir nomzodini kiritib, hukumatni "Milliy tiklanish" partiyasi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘nalishida samarali faoliyat yuritishga erishish.

Bu uchun bugungi kunda O‘zbekistonda to‘la muhit yaratilgan.

- Elektorat-chi, o‘zgarganmi? U bilan endi qanday ishlash lozim?

- "Milliy tiklanish" g‘oyasiga kim qarshi? Hamma partiya o‘zini qanaqadir shaklida milliy tiklanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda O‘zbekiston yuksalishini xohlamagan odam bo‘lishi mumkin emas. Aynan shu sababli o‘tgan chaqiriqlarda «Milliy tiklanish” partiyasini elektorati faqat ziyolilar degan fikrlar ilgari surilgan, lekin bu hozir ancha kengaydi. Qaysi ma’nodaki, qaysidir partiyalar o‘zini elektorati sifatida to‘liq o‘qituvchilarni ko‘rsatgan, biz esa bugun ta’lim sohasidagi islohotlar bilan o‘qituvchilarni o‘zimizni saflarimizga to‘liq ko‘p jalb qilishga erishdik. Bundan tashqari, tadbirkorlarni juda ko‘pchiligi mana, nomzodlarimizni ichida ham tadbirkorlar bor, partiyamizni eng faol ishtirokchilari haqida gap ketayapti, tadbirkorlar juda katta qiziqish bildirayapti. Chunki biz bugungi kungacha taklif qilinmagan muqobil kreditlash tizimini taklif qilayapmiz. Bugungi partiyani ilgari surayotgan g‘oyalari jamiyatni turli qatlamlarida qiziqish uyg‘otayotganligini yaqqol ko‘rayapmiz. Shu sababli mana oxirgi uch oy ichida partiyamiz a’zolari 50 mingga yaqin ko‘paydi. Lekin biz buni juda kam deb hisoblaymiz. Bugungi kunda 301 ming partiya a’zosi bu "Milliy tiklanish" partiyasi ilgari surayotgan g‘oyalari va vazifa maqsadlariga mutanosib emas.

Biz oldimizdagi 5-yillik chaqiriqda "Milliy tiklanish" partiyasini a’zolarini bir milliondan oshirishga maqsad qilganmiz. Ana o‘shanda biz g‘oyamiz bilan, elektoratimiz bilan O‘zbekistonda yangilanish yo‘lida faol faoliyat yurita oladigan bir partiya sifatida shakllanishimiz mumkin.

- Sizning fikringizcha, Rossiyada mehnat muhojirlari hayotini yaxshilash uchun O‘zbekiston nima qilishi kerak? Qanday aniq choralarni joriy etish lozim, sizning nazdingizda?

- Xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz bizning asosiy mavzularimizdan biri. Partiyani dasturida o‘sha xorijda ishlayotgan vatandoshlarimiz, nafaqat hozir ishlayotgan balki, bizni partiyamiz shunday deb hisoblaydiki, O‘zbekiston yaqin 20-30 yilni ichida iqtisodiy rivojlanishi bilan yetishtirayotgan mehnat resurslarimizni mutanosibligiga erishamiz, deb hisoblamaymiz. Shu sababli, bizda yaqin yillar ichida baribir mehnat resurslarini eksport qilish ehtiyoji biz uchun dolzarb bo‘lib qolaveradi. Hamon shunday ekan, biz ikkita masalani hal qilishimiz zarur. Bugun xorijga mehnat migratsiyasi uchun yo‘naltiradigan qatlamni xorijda mehnat qilishi uchun sharoit yaratishni O‘zbekistonni o‘zida tayyorlash. Shunday bir tizim qilish kerakki, biz o‘sha xorijiy davlatlarda borib ishlash uchun til bilishi, hatto oliy ma’lumotli bo‘lmagan taqdirda ham, o‘zini haq-huquqlarini bilishi, sog‘lom bo‘lishi uchun sharoit yaratish, va o‘sha eng muhim bo‘lgan – o‘zini hurmat qila olish darajasida haq-huquqlarini anglaydigan bir resursni tayyorlash masalasini biz ichki masalalar sifatida ko‘rayapmiz. Undan tashqari, bugun vazirlik-idoralar ushbu masalaga mas’ul bo‘lgan vazirlik idoralar, o‘zini oldida asosiy masala sifatida biz bu qatorga Parlamentni ham qo‘shamiz, asosiy masala sifatida bizga yaqin davlatlar va kerak bo‘lsa uzoq davlatlardan O‘zbekistonni mehnat resurslarini eksport qilishi uchun sharoit yaratishni o‘zini asosiy vazifalaridan biri deb hisoblashi kerak. Biz bugun parlamentni o‘zimizga qo‘shni bo‘lgan davlatlar bilan, umuman O‘zbekistonni o‘zini mehnat resurslarini ekport qilish imkoniga ega bo‘lgan davlatlar bilan parlament darajasida, parlamentlararo hamkorlikni asosiy mavzularidan biri sifatida bizni o‘sha joyga borib ishlashi mumkin bo‘lgan o‘sha davlatlarda ishlashi mumkin bo‘lgan migrantlarimiz, mehnat resurslarimizni sharoitini muhokama qilish mavzu si qilishimiz kerak. Parlament bu masalada faolroq bo‘lishi kerak.

Parlamentskie vibori v Uzbekistane proydut 22-dekabrya. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saylovoldi tashviqotlariga start berildi

Shu paytgacha Parlamentni kun tartibidagi masala bo‘lmagan bu, lekin biz "Milliy tiklanish" partiyasi sifatida Parlamentni kun tartibidan tushmaydigan bir masalaga aylantirishni tarafdorimiz.

- Bu sohada eng og‘riqli masala qaysi?

- Migrantlar orasida eng og‘riqli masala, misol uchun RFga ishlash uchun ketayotgan juda ko‘pchilik resurslarni hech kim bilan kelishmasdan, o‘zini taxminlariga asoslanib ketib qolayotganligi – bu yerdagi shu masalaga mas’ul bo‘lgan idoralarni qoniqarsiz faoliyat olib borayotganligi bilan bog‘laymiz. Masalan, qanday qilib hali aniq ish o‘rni bo‘lmagan, hatto rus tilini bilmaydigan bir bizni vatandoshimizni RFga borib o‘zini xor qilishiga chidash mumkin? Kafolatlanmagan mehnati, yoki mehnat haqini olishi ham kafolatlanmagan, uning haq-huquqlariga judayam hurmatsizlik ko‘rsatilayotgan bir sharoitda ularni yana shu joyga ketishini biz yoqlamaymiz. Lekin shu bilan birga ularni mehnat qilish va haqini olish haqini ham rad etmoqchi emasmiz. Biz bu yerda ularni aybdor qilayotganimiz yo‘q. Biz bu yerda mana shu sohaga mas’ul bo‘lgan idoralarni ishini qoniqarsiz, deb baholayapmiz. Shu sababli biz aynan shu og‘riqli nuqtalar: birinchidan mehnat resurslarimizni RF bo‘ladimi, boshqa mamlakat bo‘ladimi, ketishidan oldin bu yerda ularga sharoit yaratish, ularni tayyorgarlik ko‘rsatish, ikkinchidan: o‘sha, Parlamentlararo munosabatlar, vazirliklararo munosabatlarda mehnat resurslarimizni kafolatlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlash , ular uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalarini muntazam muzokara qilib borishni eng muhim masalalar, deb hisoblaymiz.

- 2020-2024 yillarda partiya to‘y, oilaviy marosimlarni o‘tkazish to‘g‘risida qonun loyihasini qabul qilmoqchi. Qanday yangiliklarni ilgari surmoqchisizlar?

- Ushbu masalani biz qonun darajasida muhokama qilishimizni o‘zi noto‘g‘ri. Aslida to‘y marosimlar, marakalar - bularni hammasini xalqimiz hech qanaqa qonunsiz ham qadriyat darajasida belgilab qo‘ygan: insofli bo‘lish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar tartibga solingan. Lekin davr boylarni insofli bo‘lishi hamda kam daromadlilarni qanoatli bo‘lishi kabi bir mezonimiz buzilib ketganligini ko‘rsatayapti. Aynan shu buzilganlik – ko‘p daromad ko‘rgan odamni isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishi bir chekkada tursin, manmanlikka berilishi, o‘sha jamiyatda o‘zini alohida qilib ko‘rsatishi kabi masala - iqtisodiyotimizga ham, jamiyatimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini hech kim rad etolmaydi. Shu bilan birga, kimo‘zarga o‘ynash, o‘sha daromadi kam bo‘lgan qatlamni aynan ko‘p daromadlilardan qolishmaslik uchun dunyoda sarson bo‘lib yurganligi yoki o‘sha qiynalib topgan pullarini kelib yana kimlar bilandir tenglashish uchun isrof qilayotganligi biz uchun juda ham og‘riqli holat. Biz qadriyatimiz buni tartibga solar ekan, deb qarab tura olmasligimizni angladik. Shu sababli, ma’lum bir davrga bo‘lsa ham biz bu masalani keskin tartibga olish tarafdorimiz. Ya’ni xarajatlarni ma’lum bir miqdorda cheklash talabini qo‘yish, yoki bo‘lmasa qonun shunday bir talab qo‘yishi kerak-ki, agar sarf-harajatlarga mutanosib ravishda majburiy to‘lovlarni – soliq to‘lovlarini yo‘lga qo‘yishimiz, masalan, to‘y-xasham uchun soliqlarni joriy qilishdan maqsad – soliq tushumlarini ko‘paytirish emas, balki o‘sha harajatlarni beo‘lchov ketishini qisqartirishga erishish.shunday takliflarni ilgari surmoqchimiz. Lekin bu masalada biz hali ham odamlarga tushuntirish kerak, odamlar orasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kerak, pul topgan odam boy emas, mavjud pulini to‘g‘ri tasarruf qilgan olgan odam boy. Bu bizni qadriyatlarimizda bor. Bu narsani biz yuqorida aytilgandek, tarbiya tizimida maktabda o‘rgatish, kerak bo‘lsa, o‘sha ota-onalar universitetlarini tashkil etish orqali o‘rgatish kabi targ‘ibot va tashviqot ishlarimizni tarbiya jarayonlarimizda xalqimizga singdirib borishimiz zarur, deb hisoblaymiz.

- O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi va JSTga kirishi masalasida partiyaning pozitsiyasi qanday? Respublika bunday tashkilotlarga qo‘shilishi kerakmi yoki ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishga urg‘u berishi kerakmi?

- Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatimiz uchun hayotiy zarurat. O‘zbekistonda bugungi iqtisodiy islohotlar jahon bilan bozorda ochilish, jahon bilan ochiq savdo qilish , o‘sha global mezonlar asosida rivojlanish yo‘liga kirish nuqtayi nazaridan juda ham muhim hisoblanadi. Va jahon savdo tashkilotiga kirishni partiyamiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. YeOII masalasiga keladigan bo‘lsak, bugungi kunda ekspertlarni ushbu masalani tahlil qilayotganligidan kelib chiqqan holatda, biz ma’lum bir darajada fikrlarimizni cheklab turamiz. Qaysiki ma’noda, bugun YeOII bilan O‘zbekistonni hamkorlik qilishini 3ta varianti o‘rganib chiqilayapti. Bu birinchisi – to‘liq a’zolik masalasi, ikkinchisi savdo-sherikchilik masalasi va uchinchisi – kuzatuvchilik mavomi. Bizga qolsa, ekspertlarni xulosasi ham shunday chiqishini xohlardik, lekin kutamiz, albatta, u natijalarni, bizga qolsa O‘zbekistonni bugungi iqtisodiy imkoniyatlari O‘zbekistonni bugungi rivojlanganlik darajasi ma’lum bir muddatga YeOIIda sanoati rivojlangan RF hamda Belarus bilan sanoat darajasida raqobat qilish uchun hali bizga tayyor muhit bo‘lmaganligini hisobga olgan holatda to‘laqonli a’zolik emas, balki savdo-sherikchilik munosabatlarida saqlab turishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘zbekiston o‘zini qisqa muddatli industrial sanoat rivojlanish yo‘nalishini bosib o‘tayapti, bugun biz mavjud imkoniyatlarimizni asrab-avaylashimiz shart. Aynan shu nuqtayi-nazardan O‘zbekistonni bugungi kunda yaqin qo‘shni davlatlari bilan iqtisodiy munosabat qilishi – bu hayotiy zarurat. Bundan hech kim voz kechmaydi. Biz mintaqadagi davlatlar va RF bilan hamda boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar qilishga majburmiz. Aynan shu nuqtayi nazardan qaysidir joylarda ikki tomonlama munosabat, qaysidir joylarda YeOII masalasida savdo-sherikchiligi kabi g‘oyalarni partiyamiz ustuvorroq deb hisoblayapti hozir. Ekspertlarni xulosasini yana bir ko‘rgandan keyin ushbu masalaga baribir yana bir qaytamiz.

- "Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi" loyihasining yangi tahririni ilgari surmoqdasizlar. Eskisini nimasi yomon?

- Buni hozir yaxshi-yomonligi haqida muhokama qilish emas. Muammo shundaki, bir holatni yuzaga keltirdik: O‘zbekistonda uchta avlod paydo bo‘ldi – lotin grafikasida o‘qigan va ular bugun kirill alifbosida o‘qimayapti, hozir katta qism kirillda o‘qiyapti, lotinda o‘qiyolmaydi, lekin yoshlarimiz lotinda o‘qiyapti, kirillda o‘qiyolmaydi. Bugun stolimizda aynan shu muammo turibdi. Biz bugun kitoblarni lotinga o‘girishimiz, ular talab qilayotgan adabiyolarni, ya’ni sharoitini yaratib berishimiz mumkin, lekin lotinda o‘qigan va lotinda savodi chiqqan avlodimizni yana boshqatdan kirillda o‘qitishimiz ikki barobar qimmatga tushadi. Kirill alifbosida qoladigan bo‘lsak, mana shu 3ta avlod butunlay o‘zgarishi kerak va biz ularni shu paytgacha barcha ishonch orzu-umidlarini aldab kelgan bo‘lamiz. Mana shundan havotirdamiz. Jamiyatda yana bir silkinishga yo‘l ochmaslik uchun o‘sha boshlangan jarayonni oxiriga yetkazish tarafdorimiz.

Lyudi golosuyut na referendume  - Sputnik O‘zbekiston
Eng kamharajatli parlament saylovlari O‘zbekistonda

- Agar hozirgi qonun ishlamayotgan ekan, jamiyat lotin alifbosiga o‘tishdan bosh tortayotganini anglatmaydimi?

- Aslo. Bugun juda ko‘p joylarda uchrashuvlarda yoshlar tomonidan aniq, lo‘nda e’tiroz ohangidagi savol bo‘lyapti – nima uchun lotinni boshladingiz va oxiriga yetkazmayapsiz, degan. Ziyolilar qatlamida ham juda ochiq, aniq signallar kelyapti nima uchun ushbu masala oxiriga yetmayapti, degan. Biz bu yerda bu masala to‘xtab turganligini faqatgina hokimiyat tomonidan, ya’ni ijro hokimiyati tomonidan e’tiborsizlik bilan tashlab qo‘yilgani sababli. Agar ushbu masalaga yetarli darajada e’tibor berilsa va siyosiy iroda ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ushbu masalani qisqa muddatni ichida amalga oshirish mumkin. Bu jamoatchilikni talabi asosida to‘xtab turgan masala emas.

- Saylov tugagach sizning partiyangiz birinchi navbatda qaysi qonunlar loyihalarini ilgari surish bilan shug‘ullanadi?

- Uchta - "Ta’lim to‘g‘risidagi", "Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi" va "Davlat tili to‘g‘risidagi" qonunlarni. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda biz tarbiya ustuvorligini ko‘zda tutuvchi normativlar ustida bosh qotirmoqdamiz. Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonunda ham ushbu muassasani tarbiya muassasasi sifatida, tarbiyani ustuvorligini ta’minlaydigan bir muassasa sifatida qonunga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taklif qilamiz. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunga ham bugun biz e’tibor berishimiz va ushbu qonunni amalda ishlaydigan qonunga aylantirishimiz judayam zarur.

Yangiliklar lentasi
0