O‘zbekiston Ekopartiyasi vakili: koinot tiklanmaydigan nuqtaga yetishga 10-yil qoldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBoriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
Boriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlamentdagi 150 o‘rin uchun mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan besh partiya - O‘zXDP, O‘zLiDeP, "Adolat", "Milliy tiklanish" va Ekologik partiyalardan 750 nomzod kurashadi. Sputnik barcha siyosiy kuchlar vakillari bilan suhbatlashdi va qonunchilikka qanday o‘zgartirish kiritmoqchi ekanliklarini bilib oldi.

Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston
Ekologiya qo‘mitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

Bo‘lajak saylovlar oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasida jamoat harakati sifatida faoliyat ko‘rsatgan Ekologik partiyasi uchun debut bo‘ladi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov Sputnik O‘zbekiston axborot agentligiga saylov kampaniyasining borishi va ekologlarning asosiy vazifalari haqida gapirib berdi.

- Boriy Botirovich, hozirgi saylovoldi kampaniyada partiyalarga endi erkinlik  va efir berildi... Siz yangi imkoniyatlarni his qildingizmi?

- Ha, albatta. Aytishim mumkinki, endi partiya o‘z dasturiy maqsadlari, tashabbuslarini ilgari surish uchun katta imkoniyatlar mavjud, ommaviy axborot vositalari ham partiyalar faoliyatiga ko‘proq e’tibor berishni boshladi. So‘nggi uch yil ichida jamiyat juda o‘zgardi. Balandparvoz so‘zlarsiz ayta olamanki, biz katta qadamlar bilan rivojlanyapmiz va O‘zbekiston yangitdan butun dunyoga ochilyapti.

Endi biz jonli efir orqali ochiq chiqish qilish, onlayn rejimda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Bu masalalarning barchasi bizga xush keladi deb aytolmayman, jiddiy munozaralar mavjud. Masalan, daraxtlarni nazoratsiz kesish masalasi hammani juda tashvishga solmoqda. Shu munosabat bilan biz daraxtlarni saqlab qolish uchun moratoriy e’lon qilish to‘g‘risida aniq taklif kiritdik. Natijada prezident tomonidan ikki oy muddatga – 1-noyabrdan 31-dekabrgacha bo‘lgan muddatga bu qaror qabul qilindi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11-dekabrya provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev YeXHT DIIHB saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

- Lekin, bu vaqtinchalik chora. Moratoriy muddati tugagandan so‘ng nima qilish kerak?

- Ekolog, ushbu sohaning mutaxassisi sifatida, mamlakatimizda, shu jumladan Toshkentda o‘simlik dunyosini chuqur, puxta inventarizatsiyadan o‘tkazish kerak, deb o‘ylayman. Hisob-kitoblar o‘tkazilganidan keyin o‘simlik dunyosining kadastrini yaratish lozim. Turli daraxtlar va boshqa o‘simliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish mexanizmini tartibga solish kerak. Masalan, bizda daraxtlarning relikt turlari mavjud, juda qimmatbaho daraxtlar va umuman ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lganlar ham bor. Ularni tabiiy yodgorliklar deb e’lon qilish kerak va bu yo‘nalishda biz o‘z ishimizni olib boramiz.

Bundan tashqari, biz O‘zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish uchun qonunlarni kodifikatsiya qilish tarafdorimiz. Ushbu yo‘nalishdagi ishlar allaqachon boshlangan. Bu misli ko‘rilmagan tadqiqot. Biz ekologik rayonlashtirishni amalga oshirdik, butun mamlakat bo‘ylab - tuman, viloyat, respublika miqyosida ekologiya holatini va mavjud muammolarni o‘rganib chiqdik.

Generalniy konsul Uzbekistana, sovetnik Mexriddin Xayriddinov  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari uchun 8ta saylov uchastkasi ochiladi – bosh konsul

- So‘nggi bir necha oy ichida Toshkentda noqulay ekologik sharoitlar, shu jumladan iflos havo haqida ko‘plab shikolyatlar kelib tushdi. Sizning partiyangiz poytaxtning ekologik muammolariga qanday yechim ko‘rmoqda?

- E’tibor bergan bo‘lsangiz, Toshkent shahrining atmosferasi ma’lum vaqt ichida ifloslanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa tushib ketdi, bir necha soatdan keyin 58-o‘ringa ko‘tarilib, 65-o‘ringa tushib ketdi. Bunday keskin tebranishlarni turli omillar bilan izohlash mumkin: ehtimol, o‘sha paytda qandaydir chang bo‘roni bo‘lgan, chunki bugun Toshkent katta qurilish maydoniga aylandi. Biroq, shu bilan birga, tizim monitoringini ishlab chiqish zarur. Bizda har oy uchun havo ifloslanishinining holati, shu jumladan, Toshkent shahri haqida ma’lumot mavjud. Masalan, sentabr oyi uchun ma’lumot: Toshkent shahrining fon ifloslanishi to‘g‘risida ma’lumotlar aniq ko‘rsatilgan (fotosuratda ko‘rsatmoqda).

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBoriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz
O‘zbekiston Ekopartiyasi vakili: koinot tiklanmaydigan nuqtaga yetishga 10-yil qoldi - Sputnik O‘zbekiston
Boriy Alixanov, predsedatel Ekologicheskoy partii RUz

O‘z navbatida, biz bir nechta muammolarni hal qilish uchun yirik sanoat rivojlangan shaharlarda yashil halqalarni, ya’ni tabiiy o‘simlik to‘siqlarini yaratishni taklif qilamiz.

Birinchidan, atrof muhitga chiqadigan ifsonlantiruvchi moddalarning ma’lum qismini bu yashil qoplam yutadi. Ikkinchidan, iqlim o‘zgarishini yumshatish uchun ekotizim yaratiladi. Afsuski, O‘zbekistonda va umuman Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi global o‘rtacha ko‘rsatgichdan ancha ildamroq kechmoqda. Agar dunyoda har 10-yilda harorat 0,14 darajaga ko‘tarilayotgan bo‘lsa, mintaqamizda 0,29 darajaga ko‘tarilmoqda. 10-15 yildan so‘ng nima bo‘lishini tasavvur qila olasizmi?

Bunga ko‘p jihatdan Orol dengizi falokati ta’sir ko‘rsatdi. Taxminan 50-yil muqaddam, Orol to‘laqonli namlik manbai bo‘lgan va dunyodagi yopiq suv omborlari orasida 4-chi o‘rinni egallagan bo‘lsa, va yozda Orol dengizi orqali bizning hududimizga o‘tgan musson  va siklonlar ("garmsel") yumshar edi. Qishda esa aksi: Turon pasttekisligi orqali o‘tgan Sibir shamollari o‘z navbatida Orol dengizi suvlari bilan iliqlashar edi. Orol dengizi o‘ziga xos “tabiiy haroratni sozlovchi qurilma” bo‘lgan - ya’ni, keskin kontinental iqlimiga Orol dengizi tufayli ozgina o‘zgarish kiritilar edi.

Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya O‘zbekistonga Orol fojiasini bartaraf etishda yordam bermoqchi

Hozir esa nima bo‘lyapti? Orol dengizining qurigan tubida besh yarim million gektar quruq yer! Har yili yuz million tonnagacha chang, tuz, qum uzoq-uzoq masofalarga borishini tasavvur qila olasizmi?

Men Nyu-Yorkdagi BMTning 74-Bosh Assambleyasida ishtirok etganimda, norvegiyalik xamkasblarim hatto o‘zlarida topilgan Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilgan chang, tuz va qum zarrachalarini topilganini aytishdi. Tasavvur qiling, O‘zbekiston qayerda va Norvegiya qayerda? Bu chang va tuz Arktikada ham, Antarktikada ham topilgan, men Tan-Shan, Pomir-Alay tog‘ tizimlari haqida gapirmayapman. Yashil xalqa to‘siqlari qandaydir tarzda bu changni ushlab turishi mumkin.

Uchinchidan, yaqin orada bizda hech kim shovqin ifloslanishi bilan jiddiy shug‘ullanmadi. Bu juda jiddiy masala, ayniqsa ishlab chiqarish rivojlangan va transport juda ko‘p bo‘lgan yirik shaharlarda. Masalan, agar inson organizmi odatda 80dB gacha shovqinni normal qabul qiladi, shovqin baland bo‘lsa sog‘liqqa salbiy ta’sir qiladi va 130 dB darajasida bu hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Va shu nuqtayi nazardan, o‘sha yashil halqa to‘siqlari shovqinni kamaytirish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajara oladilar.

- Ekologik partiyaning vakillari allaqachon Orol muammosini, xususan, Sibir darolarining oqimi bog‘liq global loyihalar hisobidan hal etish bo‘yicha fikrlarini bildirishgan. Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda Orolbo‘yi mintaqasini tiklash bo‘yicha aniq strategiya mavjudmi?

- Men qariyb 30-yil davomida Orol dengizi muammolari bilan jiddiy shug‘ullanib kelmoqdaman va  partiyamiz vakillari taklif qilgan - ushbu masalani hal qilishning real variantlaridan biridir. Aytgancha, ilgari bunday takliflar ilgari turli mamlakatlar olimlari va mutaxassislari tomonidan bildirilgan. Ammo bu ham panatseya emas. Orol dengizi falokatining ko‘lami shu qadar chuqurki, buzilgan  muvozanatni tiklashga juda ko‘p vaqt va mablag‘ sarflanishini talab etadi: masalan, Orol dengizini to‘ldirish uchun Volga darosi oqimi besh yil davomida, Dunay esa yetti yil mobaynida Orolga yo‘naltirilishi kerak.

Agar 1960-yilda Orol dengizida suv hajmi bir ming kubokilometrdan oshgan bo‘lsa, bugungi kunda atigi 55-57 kubokilometr suv qolmoqda, dengiz sathi 29 metrga pasayib, qirg‘oq chizig‘i esa 120-150 kilometrga uzoqlashgan.

Orol dengizi. - Sputnik O‘zbekiston
Orol: dahshatli fojia va maftunkor go‘zallik – qiziqarli suratlar

Tuz miqdori bo‘yicha Orol dengizi deyarli o‘lik dengiziga aylandi. Shu sababli, Sibir darolarining oqimi bilan bog‘liq loyihalar – bu yechimlardan biri, va bu g‘oya ilgari birinchi marta taklif qilinmayapti. Albatta, partiyamiz a’zosi yaqinda bu masala bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, ammo sovet davrida ham Sibir darolarini Qozog‘iston va O‘rta Osiyoga burish bo‘yicha juda ko‘p takliflar bo‘lgan.

Ko‘p variantlar mavjud. Hatto Kaspiy dengizini Orol dengizi bilan bog‘laydigan loyihalar ham mavjud, agar bir necha ming yil oldin ushbu suv omborlari orasida Usoy bo‘g‘ozi bo‘lganini hisobga olsak.

Afsuski, biz texnologik jihatdan Orolni to‘ldirishga qodir emasmiz va biz Orolbo‘yida yashaydigan odamlar haqida o‘ylashimiz kerak. Mamlakatimiz prezidenti nafaqat ekotizimni, balki ushbu hududda yashash sharoitlarini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratgani bejiz emas.

Hozir Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. So‘nggi yigirma besh yil davomida Orol dengizining qurigan tubiga qariyb 440 ming tup – saksovul - cho‘llarga chidamli o‘simliklar ekilgan va bu ishlar davom etmoqda. Bunday keng ko‘lamli ekologik loyihaning dunyoda o‘xshashi yo‘q.

 Andrey Xudik - Sputnik O‘zbekiston
Belarus Orol fojiasi oqibatlarini yengishda ko‘maklashadi

BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasida inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi tashkil etildi. Bu o‘zbek diplomatiyasining dunyo miqyosidagi ulkan yutug‘idir. Umuman olganda, ekologik partiyaning tashkil etilishi ham O‘zbekistonning o‘ziga xos brendidir, bu o‘tkir va global muammoga e’tiborning belgisidir.

- Aytgancha, BMT va global muammolar haqida. 2019-yilda shvetsiyalik qiz Greta Tunberg Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan global muammolarni ko‘targan. Siz uning faoliyatini qanday baholaysiz va dunyo ekologik halokat yoqasida ekaniga qo‘shilasizmi?

- Men u bilan BMT sammitida qatnashganimda uchrashganman, hatto uni O‘zbekistonga taklif qilish fikri ham bo‘lgan. Ammo hozircha bu haqda batafsil gaplasha olmadik. Ha, u juda hayajonli chiqish qildi. Biroq, har bir kishi bu borada juda yorqin va kuchli his-tuyg‘ularga ega edi. Bosh kotib Guterres yig‘ilishlarning birida shunday dedi: "Asr oxiriga qadar men yashamayman - bu aniq. Ammo mening farzandlarim va nevaralarim nima qilishadi? Qanday qilib hal qilamiz, tabiat bizdan o‘ch olyapti. Tabiat bizning kamchiliklarimizni kechirmaydi".

Albatta, Gretaning nutqida uning individual idrokiga oid eslatmalar mavjud edi, ammo bugungi kunda insoniyat hal qilishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud. Aslida to‘plangan ekologik muammolarni, shu jumladan iqlim o‘zgarishini bartaraf etishga bizda 10-yil qoldi. Hech narsa qilinmasa, 2030-yilga kelib sayyora qaytmaslik nuqtasiga yetib borishi mumkin. Hatto 2050-yilgacha yozilgan eng yomon ssenariylar ham ortda qoldi - hammasi bundan ham battar. Jahon hamjamiyati umumiy, birdam qarorlar qabul qilishi kerak.

Lyudi v Uzbekistane spasayutsya ot solyanix bur na Arale i sajayut les na dne morskom - Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizi, aerodrom va himoya o‘rmonzorlari: hukumat qarori tayyorlandi

Buyuk mutafakkir va olim Abu Rayhon Beruniy bizdan ming yil oldin shunday degan edi: "Agar odamlar tabiatga qarshi zo‘ravonlik qilsalar, uning qonunlarini qo‘pol ravishda buzsalar, u holda hech bir kuch to‘xtata olmaydigan, boshlariga aql bovar qilmaydigan falokatlar keltiradigan vaqt keladi." Endi bu bashorat har qachongidan ham dolzarb.

- Sizning partiyangiz uchun bu birinchi to‘laqonli parlament saylovidir. Agar ilgari Oliy Majlisda joylar uchun kvotalar belgilangan bo‘lsa, endi raqobat kuchaygan. Ovoz berish natijalariga ko‘ra siz qancha o‘rinni mo‘ljallayapsiz?

- Ma’lumki, bashorat qilish befoyda ishdir, ammo biz jamiyat manfaatlarini parlamentda va mahalliy hokimiyatda munosib tarzda ifoda etish huquqiga egamiz. 11-yil oldin tashkil etilgan O‘zbekiston ekologik harakati o‘z oldiga qo‘ygan vazifani bajardi - jamiyatning faol qismini ekologik muammolarni hal etishga birlashtirdi va safarbar etdi. Bundan tashqari, biz global ekologik hamjamiyatda munosib o‘rin egalladik.

Albatta, yangi maqom bizga bir qator ustunliklarni beradi. Ha, biz parlamentda kvota bo‘yicha 15 o‘ringa ega bo‘lganmiz, ammo imkoniyatlar ham cheklangan edi. Birinchidan, biz vakillikni oshirishimiz mumkin edi, lekin kvotalar bizga buni amalga oshirishga imkon bermadi. Ikkinchidan, bizda mahalliy hokimiyat vakillarida, ya’ni mahalliy ekologik muammolarni ko‘taradigan va ularni hal qilish bo‘yicha vazifalarni taklif qiladigan deputatlarimiz yo‘q edi. Uchinchi cheklov moddiy-texnik bazaga taalluqli edi.

Lyudi v Uzbekistane spasayutsya ot solyanix bur na Arale i sajayut les na dne morskom - Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizining qurigan joyida o‘rmon qad roslamoqda

Ammo vaqt yangi formatlarni taqozo etmoqda. Biz to‘laqonli partiyaga aylandik, davlatimizning ekologik siyosatini aks ettiradigan o‘ziga xos brendga aylandik. Hatto sobiq sovet hududida bizga o‘xshagan partiya yo‘q.

Siyosiy tashkilotimizni tuzishda biz “yashil partiyalar” mavjud bo‘lgan 97 ta davlat tajribasini o‘rganib chiqdik. Bundan tashqari, ularning yarmidan ko‘pida (55 davlatda) ekologlar parlament a’zolaridir. Hatto Yevropa parlamentida ham ekologik partiya sharafli 4-o‘rinni egallaydi va Yevropadagi turli ekologik harakatlar obro‘ va mashhurlikka erishmoqda.

Partiyamiz juda yosh bo‘lishiga qaramay, biz allaqachon chet ellik hamkasblar bilan yaqin aloqalarga egamiz. Meni tabriklashadi, ayniqsa MDH mamlakatlaridagi bizdan namuna olish niyatida bo‘lgan hamkasblar.

- Zamonaviy elektoratni qanday baholaysiz? So‘nggi parlament saylovlaridan keyin saylovchilar o‘zgarganmi?

- Bu saylovlar avvalgilaridan keskin farq qiladi. Jamiyat uyg‘ondi. Marginalizm atamasi o‘tmishda qoldi va bu jamiyat a’zosi bo‘lgan har bir kishi uning davlat muammolarini hal etishdagi ishtiroki eng ahamiyatli va sezilarli bo‘lyapti tobora. Bugun elektorat behuda gaplarga ishonmaydi. Va partiyamizning vazifasi so‘z va amalni birlashtirishdir. Bir so‘zni aytdikmi - biz uni bajarishimiz kerak. Aks holda, ertaga siz jamiyatga bergan va’dalaringizdan va o‘z vijdoningizdan uyalasiz.

Stariy korabl na beregu Aralskogo morya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizining qurigan qismida demarkatsiya ishlarini o‘tkazadi

- Nomidan kelib chiqqan holda, ehtimol sizning partiyangiz aniq vazifalar to‘plamiga ega va shunga eng shaylangan partiya. Siz jamiyatning boshqa muammolarini hal qilmoqchimisiz yoki shunchaki atrof-muhit mavzulariga va atrof-muhitga e’tiboringizni qaratmoqchisiz?

- Har qanday davlatning barqaror rivojlanishi uchun barqaror iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya va ekologik xavfsizlik zarur.

Saylovoldi dasturimizda 26 ta aniq yo‘nalish mavjud. Bizning maqsadimiz, birinchi navbatda, qulay ekologik barqaror jamiyatni yaratish va atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash. Va umuman olganda, yashil iqtisodiyot mexanizmini joriy etish tamoyilli.

- O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi va JSTga kirish masalasida partiyaning pozitsiyasi qanday? Respublika bunday tashkilotlarga qo‘shilishi kerakmi yoki ikki tomonlama aloqalarni davom ettirishda davom etadimi?

Himoya o‘rmonzorlari. - Sputnik O‘zbekiston
Orol dengizi: himoya o‘rmonzorlarini tashkil etish ishlari - fotoreportaj

- Partiyamiz har qanday integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi, faqat mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda. Ekologiya o‘zi chegaralarini bilmaydi. Biror kishining sayoramizdagi biron bir noto‘g‘ri hatti-harakati dunyoning narigi tomonida aksini beradi. Shuning uchun biz integratsiya, global ekologik muammolarni hal qilish tarafdorimiz.

- Saylov tugaganidan keyin partiyangiz birinchi navbatda qaysi qonun loyihalarini ilgari suradi?

- O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga soluvchi 30 ga yaqin qonun va 250 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Biz birlashtirilgan qonunning yaratilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksining qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘ylaymanki, biz ushbu masalalarda o‘z ishimizni mantiqiy yakuniga yetkazamiz.

Yangiliklar lentasi
0