O‘zbekiston IIV kadrlar tayyorlashda Rossiya bilan hamkorlik qilmoqda

Obuna bo‘lish
Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi IIV bilan hamkorlik o‘rnatgan.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Ichki ishlar organlarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi IIV bilan hamkorlik o‘rnatgan. Bu haqda AOKA agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiya OTM filiallari soni bittaga ko‘payadi

2019 yilning 19-dekabr kuni  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan 81 nafar tinglovchilar Rossiya Federatsiyasi IIVning 12 ta oliy ta’lim muassasasida tahsil olmoqda.  

Shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish bo‘yicha akademiya o‘ndan ortiq Xalqaro politsiya akademiyalari hamda universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.

“Birgina Rossiyaning o‘zida Krasnodar universiteti, Barnau, Kikotya nomidagi universitetlari bilan shartnomamiz bor. Bundan tashqari bevosita Belarusiya bilan ham hamkorlik o‘rnatilgan. Yaqinda Armaniston bilan ham xuddi shunday shartnoma imzolandi.

Shu shartnomalar asosida kursant va xodimlarimiz chet ellarga borib ular tajribasini o‘rganib qaytishmoqda va bevosita o‘z ish faoliyatida qo‘llashmoqda”, -deydi IIV Akademiyasi O‘quv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabev Muxtorov.

Yangiliklar lentasi
0