Jamiyat

PPX xodimlari videoregistratorlar bilan taʼminlanadi

© IIBBInspektorы DPS nachali ispыtaniya bodikamer i jiletov
Inspektorы DPS nachali ispыtaniya bodikamer i jiletov - Sputnik Oʻzbekiston
Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.

TOSHKENT, 19 dek – Sputnik. “Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.

Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri transport va turizm obʼyektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar transport obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlovchi profilaktika inspektorlari mobil videoregistrator hamda qidiruvdagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega planshetlar bilan, patrul-post xizmati xodimlari esa mobil videoregistratorlar bilan taʼminlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala