Putin va 1895 jurnalist: katta matbuot-anjumanida yangragan asosiy fikrlar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish19 dekabrya 2019. Prezident RF Vladimir Putin na bolshoy yejegodnoy press-konferensii v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne.
19 dekabrya 2019. Prezident RF Vladimir Putin na bolshoy yejegodnoy press-konferensii v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi matbuot-anjumani jurnalistlar soni bo‘yicha rekord natijani qayd etdi. Umuman o‘tgan yillarda Putin shunday formatda OAV bilan muloqotga 47 soatni sarflagan

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Vladimir Putin Krasnaya Presnyadagi Xalqaro savdo markazida an’anaviy katta matbuot-anjumanini o‘tkazmoqda. Prezident va jurnalistlar savol-javobida yangragan asosiy fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Putinning katta matbuot-anjumani: muhim ta’qiq paydo bo‘ldi

Prezidentligi davridan buyon sodir bo‘lgan eng yomon hodisa

Putin so‘zlariga ko‘ra, bu Beslan va "Nord-Ost"dagi teraktlar. Prezident bu hodisani hech qachon unutolmasligini aytdi.

U shuningdek, qashshoqlik muammosini oxirigacha yechishning iloji bo‘lmaganini qayd etdi.

Putin Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risida maqola yozishga so‘z berdi

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u tarixiy hujjatlarni ko‘zdan kechirganida, natsistlarni kim qo‘llab-quvvatlagan va kim qo‘llamagan, darhol tushunishini aytdi. Stalin boshqa davlatlardan farqli o‘laroq Gitler bilan aloqa qilib o‘z sha’niga dog‘ tushirmagan, deb eslatib o‘tdi Putin.

Mavzoley V. I. Lenina - Sputnik O‘zbekiston
Lenin jasadi mavzoleydan olib chiqiladimi? – Putin javobi

"Men urush oldidan voqealar qanday kechganini sanama-sana yozaman, - deya so‘z berdi prezident. - Ha, Molotov-Ribbentrop pakti  bo‘lgan, unda maxfiy ilova ham bo‘lgan. Bu haqiqat. Yaxshimi yoki yomon? Shunga e’tiboringizni qaratmoqchimanki, va bu muhim, Sovet Ittifoqi oxirgi bo‘lgan, u Germaniya bilan hujum qilmaslik to‘g‘risida paktni imzolagan oxirgi Yevropa davlati bo‘lgan. Unga qadar hamma imzolab bo‘lgan".

Sanksiyalar haqida savol. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkinmi?

"Turli fikrlar bor, ammo ushbu sanksiyalar oqibatlari ushbu unchalik yoqimli bo‘lmagan jarayonning barcha ishtirokchilari uchun bir xil natija berishi haqida ham fikrlar mavjud... Shunday ekan, iqtisodiy faoliyat sohasida siyosiylashgan cheklovlardan yiroq bo‘lgan ma’qul. Bu jahondagi savdo va jahon iqtisodiyotiga misli ko‘rilmagan putur yetkazishi mumkin", - dedi Putin.

Shu bilan birga, sanksiyalar tufayli yaqqol namoyon bo‘lgan minuslar bilan bir qatorda, plyuslar ham mavjud. Prezident so‘zlariga ko‘ra, mudofaa sohasida mamlakat katta sakrashni amalga oshirdi, import o‘rnini bosishda katta yutuqlarga erishdi, katta yaxlit sohalar vujudga keldi, misol uchun vertolet motorini ishlab chiqarish sohasi. Qishloq xo‘jaligida rivojlanish ro‘y berdi.

Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston
AQShning jahannamiy sanksiyalari: Nima uchun biz ulardan qo‘rqmasligimiz kerak?

Rossiya iqtisodiyoti tashqi shoklarga moslashdi. Rubl neft narxidagi o‘zgarishlarga nisbatan barqarorlashdi", - deb qayd etdi davlat rahbari.

Demografiya to‘g‘risida savol. O‘rtadagi bo‘shliqni migrantlar hisobiga to‘ldirish kerakmi?

Prezident ta’kidiga ko‘ra, Rossiya sharoitlariga rus madaniyatini hurmat qilgan, rus tilini biladigan odamlar oson ko‘nikishi mumkin. Shu bois, hozirda Rossiyaga ko‘chib o‘tishni xohlaganlar o‘sha madaniy muhitdan bo‘lishi zarur.

"O‘rta Osiyodan bo‘lgan odamlarga adaptatsiya qilish qiyin. U yoqda biz ta’lim tizimini joriy etish, rus tili bo‘yicha kurslarni ochish, Rossiya maktablarini ochish, oliygohlarimiz filiallarini ochishga majburmiz. Shundagina bu yerga keladigan odamlar o‘zini qulay his qiladilar", - dedi Putin.

"Ba’zi migrantlar o‘zini shunday tutadi-ki, ular o‘z uylarida bunday qilmagan bo‘lardilar. Lekin iqtisodiyotga migratsiya kerak", - dedi Rossiya yetakchisi.

Prezident bu nafaqat O‘rta Osiyo, balki Shimoliy Kavkazga tegishli ekanligini ham eslatib o‘tdi.

Putinni tarixiy shaxs, deb atash mumkinmi?

Putin bu savolga javob berar ekan, uning ishiga yangi avlod baho berishini qayd etdi.

Yaaon jurnalistidan tushgan savol

Strategik-hujumkor qurollarni qisqartirish (SNV-3) to‘g‘risidagi Rossiya-Amerika shartnomasi uzaytirilmasa nima bo‘ladi? Prezident yadroviy zarbaga javob bermaslik kerak, deb hisoblamaydimi? Yadroviy balansda aql-idrokni saqlab qolish tushunchasi bormi? Rossiya yetakchisi yadroviy quroldan holi bo‘lgan dunyoni tashkil qilish tashabbusi bilan chiqishni istamaydimi?

Po Shikotanu mojno brodit bez provodnika. - Sputnik O‘zbekiston
Kuril orollari masalasida O‘zbekiston pozitsiyasi qanday?

Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi tinchlik bitimi nima bo‘ladi? Jurnalist shuningdek, Yaponiya Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi Vashington-Tokio-Seulga qarshi qaratilgan harbiy sohadagi ittifoqdoshlik munosabatlaridan xavfsirashini bildirdi.

Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasida harbiy ittifoq yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, mudofaa sohasida hamkorlik rivojlanmoqda, qayd etdi prezident. U shuningdek, mintaqada Yaponiya-AQSh-Janubiy Koreya ittifoqi shakllanganiga ishora qildi. "Biz buni ko‘rib turibmiz va bu kontrsamarali, deb bilamiz. Bu hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi", - dedi prezident. Putin, shuningdek, Moskva va Pekin hamkorlikda ishlab chiqayotgan raketa hujumidan ogohlantiruvchi tizim faqatgina mudofaaga qaratilganini qayd etdi.

Rossiya yetakchisi amerika quroli Kuril orollarija paydo bo‘lmasligiga hech qanday kafolat yo‘qligi haqida gapirdi.

Putinga ko‘ra, Rossiya bu sharoitda yapon sheriklari bilan vaziyatdan chiqish yo‘llarini birgalikda izlamoqda.

"Qo‘rqishadi": Putin Talinning Sputnik Estoniya nomiga yo‘llayotgan tahdidlari haqida

Navbatdagi savol Sputnik Estoniya agentligidan berildi. Banklar xodimlar, kontragentlar hisob raqamlariga va soliq departamentiga tranzaksiyalarni ta’qiqladilar. Maxsus xizmatlar ijara beruvchiga bosim o‘tkazdilar, va u agentlik bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi. Shu kunlarda esa Sputnik xodimlariga jinoiy ta’qib bilan tahdid qilishayotgani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya prezidenti uni Estoniyada bo‘lib o‘tayotgan voqealar uni hayratlantirayotganini bildirdi. Rossiyani G‘arbda OAVni "siquvga" olishda ayblashadi, ammo o‘zlari shu ish bilan shug‘ullanadilar.

Pavilon novostnogo agentstva Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini ma’lum qildi

"Sizlar ko‘p ishlarni amalga oshirasizlar, mamlakat hukumati tomonidan sizning ishingizga halal berishga urinish sezilmasdan qolmasligi kerak", - deb ta’kidladi Putin.

U shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida munosabatlarga putur yetkazmoqchi bo‘layotganlar "tegirmoniga suv quyish kerakmasligini" qo‘shimcha qildi.

"Sizning ma’lumotingizdan qo‘rqadigan, sizning ta’siringizdan qo‘rqadigan mamlakatlarda ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritishga harakat qilish kerak", - dedi davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0