Putinning katta matbuot-anjumani: muhim ta’qiq paydo bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘n beshinchi bor katta matbuot-anjumani o‘tkazmoqda. Bu gal akkreditatsiyadan o‘tkazilgan jurnalistlar soni rekord natijani qayd etdi

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Yorqin liboslar, yumshoq o‘yinchoqlar va noodatiy bosh kiyimlar — Vladimir Putinning katta matbuot-anjumani biroz karnavalni yodga soladi. Hisob bo‘yicha o‘n beshinchi marotaba o‘tkazilayotgan bu tadbir - akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar soni bo‘yicha rekord qo‘ydi. Yana bir yangilik - Kreml joriy yilda yangi shart e’lon qildi, va bu ko‘pchilik jurnalistlarning rejasini o‘zgartirishi mumkin.

Vladimir Putin: Rossiya vistupayet protiv militarizatsii kosmosa - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Plakatlar

Joriy matbuot-anjumani qancha vaqt davom etishi hech kimga ma’lum emas, shu jumladan Putinning o‘ziga ham. Televideniyechilar uch soatga yaqin vaqt ajratishgan. Statistika to‘rt soatdan gapiradi. O‘tgan galgi jurnalistlar bilan uchrashuv 3 soatu 43 daqiqa cho‘zilgan edi, undan oldingisi - uch soatu 40 daqiqa. Ko‘rinib turibdiki, 2008-yilgi rekord (deyarli besh soat)ga oxirgi tadbirlar yetolmayapti.

Umuman olganda, bu singari voqealarning asosiy qiymati uning davomiyligida emas, balki savol berish imkoniyatidadir. Shu bois, jurnalistlar bor harakatini ishga solib davlat rahbari va uning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov e’tiborini o‘zlariga qaratishga urinadilar. Yillar davomida sinovdan o‘tkazilgan usullardan biri — ulkan plakat bilan kelish. Unda yozuv, surat, fotosurat (mushukchalar, deylik) bo‘lishi mumkin - va nima bo‘lishi muhim emas - asosiysi - boshqalar fonida ajralib turish. Va bu ko‘pincha ish beradi.

Ammo joriy yilda Kreml jurnalistlarni ko‘p urinmaslikka chaqirdi. "Matbuot-anjumani vaqtida A3 formati(297×420 mm)dan katta bo‘lgan plakatlardan foydalanmaslikni so‘raymiz, chunki bu fotosuratchilar va operatorlar ishiga halal bermoqda", - deyiladi prezident Kreml xabarida.

Bu mazmundagi maktublar akkreditatsiyadan o‘tkazilgan barcha matbuot vakillariga kelgan, ularning soni esa bu safar rekord natijani qayd etdi — 1702 nafar.

Putinning matbuot-anjumani boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0