Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga tashrifidan so‘ng Rossiyada bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vixodit iz samoleta
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vixodit iz samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitida ishtirok etadi

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Bu haqda davlat rahbari matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Tuzilmaga a’zo davlatlar yetakchilari MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.

Hamdo‘stlikning oktabr oyida o‘tgan Ashxobod sammitida qabul qilingan qarorga muvofiq, 2020-yilning 1-yanvaridan MDHda O‘zbekiston raislik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0