Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto

© InstagramFilipp Kirkorov i Yulduz Usmanova v Tashkente
Filipp Kirkorov i Yulduz Usmanova v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya estradasi qiroli Toshkentda konsert berdi. Ijtimoyi tarmoqlarda konsertda tasvirga olingan suratlar tarqaldi. Ayni damda bu suratlar ostida ko‘plab izohlar yozilmoqda.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Kuni kecha rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda konsert berdi.

Ijtimoyi tarmoqlarda konsertda tasvirga olingan suratlar tarqaldi.

© InstagramKonsert Filippa Kirkorova v Tashkente
Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston
Konsert Filippa Kirkorova v Tashkente

Muxlislar ikki tomonga bo‘lindi: foydalanuvchilar konsert "eng yaxshi shou" degan izohlar yozishgan, ayrimlar esa raqossalarning ochiq liboslari yuzasidan tanqidiy izohlar yozishmoqda.

© InstagramKonsert Filippa Kirkorova v Tashkente
Toshkent Kirkorov konsertidan so‘ng o‘ziga kelmoqda - foto - Sputnik O‘zbekiston
Konsert Filippa Kirkorova v Tashkente

Birinchi navbatda Rossiya estradasi qiroli Yulduz Usmonova bilan uchrashdi.

“Bugun Toshkentda The Best shou! Konsertdan oldin menda O‘zbekiston afsonasi va Buyuk xonanda bilan muhim uchrashuv bo‘ldi”, - deb yozgan artist Instagram sahifasida.

Kecha Humo Arena’da shou bo‘ldi. Bu masalada o‘zbekistonliklar turli mazmundagi izohlar qoldirishdi:

“Bunday konsertga ruxsat berganga uyat”;

"Bu shunchaki xalqimizning urf-odatlari va madaniyatiga tupurish";

"Xumo Arena - bu bolalar maydonchasi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapsizlar?".

Bu konsert haqida ijobiy fikrlar bildirganlar ham bor:

"Siz bilan har doim ajoyib shou!";

"Juda zo‘r. Butun oilamiz bilan bo‘ldik, butun oqshom Kirkorov xitlarga raqs tushdik. Bunday konsert uchun rahmat!";

Yangiliklar lentasi
0