Bir necha yil qidiruvda bo‘lgan firibgar ayol Rossiyada ushlandi

© Sputnik / Pavel LisisinJenshina v naruchnikax
Jenshina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
53 yoshli ayol 2015-yil mart oyidan buyon firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi uchun qidiruvda bo‘lgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Buxoro viloyatining Vobkent tumanida qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyaning Vladivostok shahrida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Ukrainada qo‘lga olindi

Qayd etilishicha, O‘zbekiston JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun 2015-yil mart oyida qidiruvga e’lon qilingan 53 yoshli fuqaro T.N. xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Vladivostok shahrida ushlangan.

So‘ngra u O‘zbekistonga yuborilgan. Hozirda jinoyatchi viloyat IIB 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan va sud oldida javob beradi.

Yangiliklar lentasi
0