Biz saylovlarga tayyormiz: MSK raisi O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi

© SIK UzbekistanaVibori v Uzbekistane
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdusalomovning ta’kidiga ko‘ra, O‘zbekistondagi va xorijdagi 10 ming 260ta saylov uchastkalari ovoz berish uchun tayyorlab qo‘yilgan

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov xalqga murojaat qildi.

Abdusalomov ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlar kuni ekanligini eslatib, saylov mamlakatning demokratik taraqqiyotini belgilashda, ijtmoiy-iqtisodiy rivojlanishida, xalq farovonligini yuksaltirishda  va davlatning xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Jenshina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Saylov bulleteni qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi – Adliya vazirligi

MSK rahbari saylovlar nega "Yangi O‘zbekiston",  "Yangi saylovlar" shiori ostida o‘tayotganini tushuntirdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda mamlakat ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, demokratik bosqichiga qadam qo‘ydi. Iqtisodiyot rivojlanib, odamlarning huquqiy-siyosiy ongi, faolligi yuksalib bormoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida ochiqlik va oshkoralik tobora mustahkamlanmoqda.

Bu yilgi saylovlarga tayyorgarlik ishlari bundan ikki yil avval boshlangan edi. Saylov qonunchiligi tubdan yangilanib, milliy tajribamiz va xalqaro standartlarga mos Saylov kodeksi qabul qilindi.

Kodeksda saylov jarayoni ishtirokchilari, ya’ni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axorot vositalari hamda kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari kengaytirildi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali saylov jarayonlarini boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi.  

Dispetcher v call-sentre - Sputnik O‘zbekiston
"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘nta nufuzli xalqaro tashkilotlar, dunyoning ellikka yaqin davlatlaridan 825 nafar xalqaro kuzatuvchilar hamda 1155 nafar mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yirik ommaviy axborot vositalarining vakillari bevosita kuzatib borayotgani buning dalilidir.

Bundan tashqari, saylovlarda ishtirok etayotgan beshta siyosiy partiya va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 70 mingdan ziyod vakil saylovlarni kuzatib bormoqda. 

"Saylov o‘zining, farzandlarining ertasini o‘ylagan millat, xalq hamda Vatanini sevgan har bir inson uchun ulkan imkoniyatdir. Saylovlar orqali mamlakatimiz parlamenti, mahalliy kengashlar yangilanadi. Siz saylagan vakillik organlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari tizimi shakllantiriladi", - dedi Abdusalomov.

Lyudi golosuyut na referendume  - Sputnik O‘zbekiston
Eng kamharajatli parlament saylovlari O‘zbekistonda

O‘zbekiston fuqarolarining saylovlarda faol ishtirok etishi O‘zbekiston prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar samardorligi, yurt tinchligi va obodligi, ertangi kun farovonligiga bevosita bog‘liqdir, deb hisoblaydi MSK rahbari.  

"Qadrli saylovchilar! Mamlakatimizdagi va xorijdagi 10 ming 260ta saylov uchastkalari Sizning ovoz berishingiz uchun tayyorlab qo‘yildi. Ertaga har birimiz Konstitutsiyaviy huquqimizdan foydalanib, munosib nomzodlarga ovoz bersak, bilimli, fidoyi, zamonaviy fikrlaydigan, dunyoqarashi keng  deputatlar saylanadi. Bu xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga xizmat qiladigan adolatli qonunlar va qarorlar qabul qilishni kafolatlaydi. Men Siz, azizlarni - barcha yurtdoshlarimizni saylovlarda faol ishtirok etishga da’vat etaman!", - deb ta’kidlandi telemurojaatda.

Yangiliklar lentasi
0