Sport

“Paxtakor” afsonasi Yuriy Pshenichnikov hayotdan koʻz yumdi

© Sputnik / B. Yelin / Fotobankka oʻtishVratar sbornoy SSSR po futbolu Yuriy Pshenichnikov
Vratar sbornoy SSSR po futbolu Yuriy Pshenichnikov - Sputnik Oʻzbekiston
“Paxtakor” tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri Yuriy Pshenichnikov hayotdan koʻz yumdi. U klub va oʻzbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida oʻz nomini yozdirib qoʻygan.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. “Paxtakor” tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri Yuriy Pshenichnikov hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

“Paxtakor” futbol klubi Yuriy Pshenichnikovning oila aʼzolari, yaqinlari va doʻstlariga oʻz hamdardligini bildiradi. Uning ismi klubimiz tarixidan oʻchmas nom olgan va doimo yodimizda boʻladi”,  - deyiladi xabarda.

Pshenichnikov uzoq yillar mobaynida “Paxtakor” darvozasini ishonch bilan qoʻriqlab, ishqibozlar mehrini qozongan.  1960-67 va 1972 yillarda chempionat bahslarida 203 uchrashuvda maydonga tushgan. Jami 250ga yaqin bellashuvlarda “Paxtakor” shaʼnini himoya qilgan va klub va oʻzbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida oʻz nomini yozdirib qoʻygan. Murabbiylik faoliyatida esa koʻplab klublarda ishlab, shogirdlar tarbiyaladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala