“Paxtakor” afsonasi Yuriy Pshenichnikov hayotdan ko‘z yumdi

© Sputnik / B. Yelin / Mediabankka o‘tishVratar sbornoy SSSR po futbolu Yuriy Pshenichnikov
Vratar sbornoy SSSR po futbolu Yuriy Pshenichnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Paxtakor” tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri Yuriy Pshenichnikov hayotdan ko‘z yumdi. U klub va o‘zbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida o‘z nomini yozdirib qo‘ygan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. “Paxtakor” tarixidagi eng mashhur darvozabonlardan biri Yuriy Pshenichnikov hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

“Paxtakor” futbol klubi Yuriy Pshenichnikovning oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlariga o‘z hamdardligini bildiradi. Uning ismi klubimiz tarixidan o‘chmas nom olgan va doimo yodimizda bo‘ladi”,  - deyiladi xabarda.

Pshenichnikov uzoq yillar mobaynida “Paxtakor” darvozasini ishonch bilan qo‘riqlab, ishqibozlar mehrini qozongan.  1960-67 va 1972-yillarda chempionat bahslarida 203 uchrashuvda maydonga tushgan. Jami 250ga yaqin bellashuvlarda “Paxtakor” sha’nini himoya qilgan va klub va o‘zbek futboli tarixida eng yaxshi posbonlardan biri sifatida o‘z nomini yozdirib qo‘ygan. Murabbiylik faoliyatida esa ko‘plab klublarda ishlab, shogirdlar tarbiyaladi.

Yangiliklar lentasi
0