Dunyoda

Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini tanqid qildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialnыy predstavitel Ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili 22 trillion dollar davlat qarziga ega AQSH boshqa mamlakatlarga iqtisodiyotini rivojlantirishiga yoʻl bermaslikka urinayotganini qayd etgan.

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlariga qarshi sanktsiyalariga munosabat bildirdi.

Zaxarova AQSH 22 trillion dollar davlat qarziga ega boʻla turib, boshqa mamlakatlarga iqtisodiyotini rivojlantirishni taqiqlashga urinayotgani qayd etgan.

Prezident SSHA Donald Tramp i kantsler Germanii Angela Merkel vo vremya vstrechi v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar uchun AQShga urush eʼlon qildi - Bild

“22 trillion dollar davlat qarziga ega davlat qarzini toʻlashga qodir mamlakatlarga oʻz iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishni taqiqlamoqda!”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.

Zaxarovaning taʼkidiga koʻra, AQSH jahon maydonida raqobatga bardosh berishga qodir emas.

Shuningdek, u tez orada nafas olishni toʻxtatishni talab qilishlarini kinoya qilgan.

“Koʻpchilik bajaradi axir”, - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rasmiy vakili.

Kuni kecha AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil uchun mudofaa byudjeti qonuniga imzo chekdi. Loyihaga Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanktsiyalari ham kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala