“Qamchiq” dovoni orqali harakat vaqtinchalik to‘xtatildi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, dovonidan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Lavina - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi kuzatilmoqda

Ta’kidlanishicha, dovondan o‘tishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yo‘lovchilarni Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ular uchun barcha sharoitlar (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari) yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yil 19-dekabrdan 23-dekabr kuniga qadar O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi kuzatilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0