TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, bu Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 6-son bayonida belgilab qoʻyilgan.
Bayon bilan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi taʼlim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarining birinchi yarmini oʻtkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati etib 2019 yil 31 dekabr (shu kuni ham) belgilangan.