Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda

© Sputnik / Maksim BlinovPosol Respubliki Uzbekistan v RF Botirjon Asadov
Posol Respubliki Uzbekistan v RF Botirjon Asadov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi saylovlarda O‘zbekiston fuqarolari uchun ovoz berishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Rossiyada 8 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Uchastkalarda saylov jarayoni Moskva vaqti bilan 8.00 da boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

© Sputnik / Maksim BlinovVibori-2019 v Moskve
Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Vibori-2019 v Moskve

Uchastkaga ko‘plab o‘zbekistonliklar oila a’zolari bilan birgalikda tashrif buyurib, o‘z ovozlarini berishmoqda.

© Sputnik / Maksim BlinovVibori-2019 v Moskve
Moskvada o‘zbekistonliklar ovoz bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Vibori-2019 v Moskve

Deputatlikka nomzodlar haqida ikki tilda ko‘plab ma’lumot tashkil etilgan. Saylov o‘tkazish komissiya a’zolari va kuzatuvchilar fuqarolarga yordam bermoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ham ovoz berdi.

Bu yil Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun ovoz berishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Rossiyada 8 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan, o‘tgan safar atigi 2 ta bo‘lgan edi.

Alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan - alohida nogironlar aravachasi uchun maxsus kirish joylari, bulletenlarni to‘ldirish uchun stollar qulay tarzda qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0