Bosh prokuratura Olmazor, Yashnobod va Koson tumanlarida o‘tgan saylov bo‘yicha tekshiruv boshladi

© Sputnik / Maksim BlinovKak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax
Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tajribali prokuror-tergov xodimlari Toshkent va Qashqadaryo viloyatinng ayrim tumanlaridagi saylov jarayonida yuz bergan qonun buzilishi holatlarini o‘rganmoqda.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Bosh prokuratura shtabi ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda saylovga oid qonun buzilishi holatlari haqida e’lon qilingan ma’lumot va xabarlar uzluksiz ravishda o‘rganmoqda.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra,  Qashqadaryo viloyati Koson tumani xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z nomzodlarini qaytarib olishga majburlash, Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 10, 23 va 142-sonli saylov uchastkalari ishiga noqonuniy aralashish hamda okrug va uchastka saylov komissiyalariga Toshkent shahri Yashnobod tumanida ovozlarni sanab chiqish bo‘yicha yakuniy bayonnoma nusxasini to‘ldirish va bayonnoma nusxalarini hech kimga tarqatmaslik yuzasidan g‘ayriqonuniy ko‘rsatma berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqalgan va keng jamoatchilik orasida muhokamaga sabab bo‘lgan.

Generalniy prokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror saylovga oid prokuraturaga nechta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi

Markaziy saylov komissiyasidan yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi.

“Shu munosabat bilan, tajribali prokuror-tergov xodimlaridan iborat maxsus guruhlar shakllantirilib, mazkur xabarlarning har biri sinchkovlik bilan har tomonlama o‘rganilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu borada Markaziy saylov komissiyasi bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatilib, tezkor ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarda tekshirishlar natijasiga ko‘ra xabar berilishi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 22-dekabr kuni O‘zbekistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 71,1 foizi ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0