Siyosat

MSK saylovlardagi qonun buzilishi haqidagi barcha xabarlarni tekshirishga vaʼda bermoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Ovoz berish 22 dekabr kuni boʻlib oʻtdi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, unda 13,3 milliondan ziyod kishi ovoz bergan.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majliy Qonunchilik palatasiga saylovlar vaqtidagi ehtimoliy qonun buzilishlarini tekshiradi. Bu haqda MSK raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kak golosovali uzbekistantsы v Moskve na parlamentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bosh prokuratura Olmazor, Yashnobod va Koson tumanlarida oʻtgan saylov boʻyicha tekshiruv boshladi

“Ijtimoiy tarmoqlarda kimdir qoʻshimcha byulletenlarni tashlagani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bir oilaning aʼzosi barcha uchun “oilaviy ovoz berish” kabi holati boʻldi. Ha, bunday holatlar boʻldi, hozir biz har bir holat boʻyicha tekshiruv oʻtkazamiz”, - dedi Abdusalomov MSK matbuot markazidagi anjumanda.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish 22 dekabr kuni boʻlib oʻtdi. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovlarida chet el bilan birga hisoblaganda 13 963 627 nafar saylovchi ishtirok etdi va bu saylovchilar umumiy sonining 67,8 foizidan iboratdir.

Saylov yakunlari eʼlon qilindi. Parlament saylovi oʻtkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasidan deputatlar saylangan. OʻzLiDepartiyasi Qonunchilik palatadagi koʻpchilik oʻrinni (43 ta oʻrin) egalladi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 35 ta, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga 21 ta, Xalq demokratik partiyasi 18 ta, Ekologik partiyasi esa 11 ta oʻrinni egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala