Siyosat

Parlament saylovi dastlabki natijalari eʼlon qilindi

© Sputnik / Mariya NaumenkoOglasheniye rezultatov vыborov v parlament Uzbekistana
Oglasheniye rezultatov vыborov v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovlar natijalarini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulugʻbek Abdusalomov Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovlar dastlabki natijalarini eʼlon qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mirzo-Ulugbek Abdusalomov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda saylovlar oʻtkazildi deb hisoblash mumkin – Abdusalomov

Taʼkidlanishicha, parlament saylovi oʻtkazilgan 150 ta saylov okrugidan 128 tasidan deputatlar saylangan.

Shulardan:

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 35 nafar;

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi - 21 nafar;

Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;

Ekologik partiya – 11 nafar.

© Mejdunarodnыy press-tsentrInformatsiya ob itogax vыborov_uzb
Parlament saylovi dastlabki natijalari eʼlon qilindi - Sputnik Oʻzbekiston
Informatsiya ob itogax vыborov_uzb

MSK raisining aniqlik kiritishicha, xorijdagi saylovchilarni ham hisobga olganda umumiy davomat 67,8 foizni tashkil etgan.

Saylov kodeksiga koʻra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan koʻpining ovozini, yaʼni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod deputat etib saylangan, deb hisoblanadi.

Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 22 okruglarda nomzodlarning birontasi ham yetarli miqdorda ovoz ololmaganligi sababli mazkur okruglardan deputat saylanmadi.

150 ming saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala