Dunyoda

Rossiya harbiylariga yangi S-350 zenit raketa tizimi taqdim etildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPervыy kompleks S-350 "Vityaz" razmestyat v Leningradskoy oblasti
Pervыy kompleks S-350 Vityaz razmestyat v Leningradskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
"Almaz-Antey" kompaniyasi Mudofaa vazirligiga yangi S-350 “Vityaz” zenit raketa tizimini yetkazib berdi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. "Almaz-Antey" kontserni Mudofaa vazirligiga yangi S-350 “Vityaz” zenit raketa tizimlarini yetkazib berdi.

Broneavtomobil K 53949 Tayfun. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Nima uchun oʻzbek armiyasi Rossiyaning “Tayfun” zirhli avtomobillarini tanladi

Texnikani taqdim etish marosimi Astraxan viloyati Kapustin Yar poligonida oʻtkazildi.

Yangi S-350 “Vityaz” havo mudofaasi tizimi raqibning qanotli raketalarini yakson qilish uchun moʻljallangan.

"Vityaz" ni ishlab chiqarish joriy yilning birinchi yarmida yakunlandi va iyun oxirida uskunalar Moskva yaqinidagi "Armiya-2019" Xalqaro harbiy-texnik forumida taqdim etildi.

"Almaz-Antey" kontserni - bu Rossiyaning mudofaa sanoati kompleksining eng yirik birlashmasidir, uning korxonalarida 130 ming kishi ishlaydi. Kontsern mahsulotlari 50 dan ortiq mamlakatlarda xizmat koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala