“Shaytanat” va “Shum bola” filmlarida rol ijro etgan taniqli aktor olamdan o‘tdi

Obuna bo‘lish
“O‘zbekkino” Milliy agentligi ko‘plab rollari bilan xalq qalbidan joy olgan aktor Yahyo Fayzullayev olamdan o‘tganini xabar qildi.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Ko‘plab rollari bilan o‘zbek xalqining qalbidan joy olgan aktor Yahyo Fayzullayev olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi xabar qildi.

Agentlik jamoasi hamda O‘zbekiston kinoarboblari uyushmasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirgan.

Yahyo Fayzullayev Abdullayevich “Gumrohlar” (2014), “Afsonaviy qiz” (1980), “Shaytanat” ( 1988), “XX asr qaroqchilari” (1979), “Ali bobo va qirq qaroqchi” (1979), “Xorazm afsonasi” (1978), “Shum bola” ( 1977) kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.

O‘z navbatida Sputnik O‘zbekiston tahririyati marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0