Bu yilgi Toshkent archasi MDHda nechanchi o‘rinda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnaya yelka Uzbekistana vidna izdaleka
Glavnaya yelka Uzbekistana vidna izdaleka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil arafasida MDH poytaxtlarida o‘rnatilgan archalar reytingi tuzildi. Toshkent archasi eng baland archalar uchligiga kiritildi.

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtining asosiy archasi MDH hududidagi eng baland archalar uchligiga kiritildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston telegram kanalida xabar qilindi.

Uning balandligi 36 metrni tashkil etdi.

Reytingning ilk pog‘onalarini Ashxobod (archa balandligi 40 metr) va Yerevandagi (37 metr) archalar egalladi.

Birinchi o‘nlikka Boku (34 metr), Minsk (30 metr), Dushanbe (29 metr), Moskva (27 metr), Bishkek (27), Nur-Sulton (25 metr) va Kishenyovdagi (20 metr) archalar kiritilgan.

MDH davlat yangi yil archalari
Bu yilgi Toshkent archasi MDHda nechanchi o‘rinda - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlat yangi yil archalari

Shuningdek, reyting mualliflari MDH mamlakatlari orasida Moskvada o‘rnatilgan archa tabiiy ekanligini qayd etish adolatli bo‘lishini ta’kidlashgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta ilgari Toshkentda mamlakatning asosiy archasi bezatildi. Hozir poytaxt Yangi yil munosib kutish olishga hozirlik ko‘rmoqda.

Yangiliklar lentasi
0