Madaniyat

Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov kontsertidagi raqqosalar chiqishi yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Ilya PitalevPrazdnichnыy kontsert na Krasnoy ploщadi, posvyaщennыy Dnyu Rossii
Prazdnichnыy kontsert na Krasnoy ploщadi, posvyaщennыy Dnyu Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi ushbu kontsert stsenariysi va qoʻshiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va eʼtiroz bildirmagan – vazirlik.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Madaniyat vazirligi Filipp Kirkorov kontsertidagi raqqosalar chiqishi yuzasidan bayonot berdi.

Joriy yil 18 dekabr kuni “Humo Arena” muz saroyida Filipp Kirkorovning katta shou kontsert dasturi tashkil etildi.

Filipp Kirkorov i Yulduz Usmanova v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent Kirkorov kontsertidan soʻng oʻziga kelmoqda - foto

Kontsert dasturida koʻplab jozibali koʻshiqlar va raqslar ijro etildi.

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib borayotgan kontsert dasturida ijro etilgan raqslardagi raqqos va raqqosalarning kiyinish madaniyatiga eʼtirozlar kuchaydi. Madaniyat vazirligi qayerga qarayapti?, Madaniyat vazirligi bunga qanday ruhsat berdi? -degan gaplar tarqaldi.

“Madaniyat vazirligi tizimidagi “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi ushbu kontsert stsenariysi va qoʻshiqlar mazmuni bilan tanishib chiqqan va eʼtiroz bildirmagan;

xususiy tadbirkorlar kontsert dasturlarini tashkil etishda, yurtimizga gastrol safarlari bilan tashrif buyuradigan sanʼatkorlarga dasturda kiyinish madaniyati toʻgʻrisidagi tushunchani ham berib oʻtishlari lozim, deb oʻylaymiz;

ushbu kontsertdan hulosa qilgan xususiy tadbirkorlarimiz, endilikda ushbu jarayonlarning takror boʻlmasligini oldini oladi degan umiddamiz.

Yuqoridagilarni eʼtiborga olgan holda, xalqimizning madaniyati, maʼnaviyati va mentalitetimizni inobatga olib, “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi bundan keyin har bir kontsert dasturidagi kiyinish madaniyatiga ahamiyat berishini bildiramiz”, - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0