Mandarin ichidan tabletka chiqdi: haqiqatmi yoki feyk?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMandarini na sklade
Mandarini na sklade  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telegram va WhatsApp'dagi turli guruhlarda mandarin ichidan tabletka chiqishi aks etgan virus-videosi tarqalmoqda.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda mandarin ichidan oq tabletka chiqqani aks etgan video tez suratlarda ommalashmoqda.

Ayrimlar foydalanuvchilar bu meva O‘zbekiston va Qirg‘izistonga kelmoqda, deb yozishmoqda.

Rollik Telegram va WhatsApp'ldagi guruhlarda tarqalmoqda.

Videoda erkak mandarin po‘stini tozalayotgani, uning ichidan esa oq rangdagi  tabletka chiqishi aks etgan.

Sputnik Qirg‘iziston yozishicha, bu videoni bundan avval Blagoveshenskda istiqomat qiluvchilar tarqatishgan, bu haqda bir necha mahalliy internet portallar xabar qildi.

Biroq birozdan so‘ng, bir kishi “fosh qiluvchi” videoni tasvirga oldi. U tabletkani mandarin ichiga qanday kiritish mumkinligini namoyish qilgan.

Yangiliklar lentasi
0