Nega "Adolat" yuqoriroq o‘rinni olmadi?" – partiya javobi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNarimon Umarov
Narimon Umarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi matbuot xizmati nima sababdan yuqoriroq o‘rin olmagani yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi matbuot xizmati nima sababdan yuqoriroq o‘rin olmagani yuzasidan bayonot berdi.  

Parlament saylovi natijalari - Sputnik O‘zbekiston
Parlament saylovi natijalari

“To‘rda o‘tirganingda, “U nega bu yerda?”, deb aslida pastdan joy egallashing kutiladigan holatga tushma, balki poygakdan qo‘nim topganingda “Nega bu yerda o‘tiribsiz?”, deya ajablanib, aslida davra to‘rini senga munosib deb o‘ylanadigan darajada bo‘l”, degan naql bor.

Xalqimiz, jurnalistlar tomonidan "Nega "Adolat" yuqoriroq o‘rinni olmadi?" deya berilayotgan savollar og‘riqli bo‘lsa-da, ayni vaqtda kayfiyatimizni ko‘tarmoqda. Hali hammasi oldinda...

Parlamentda nechta o‘rin olishimizga qaramay saylovoldi berilgan va’dalarni bajarish, xalqimiz muammolarini bartaraf etish uchun kurashamiz.

Kimlar uchundir jang tugagandir, ammo "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi uchun hammasi endi boshlanmoqda...

Xalqimizning Adolatga bo‘lgan ishonchi, e’tirofini oqlash uchun barcha sa’yi-harakatlarni amalga oshiramiz.

Saylovoldi tashviqotda biz bilan birga bo‘lgan barcha ommaviy axborot vositalari  xodimlariga, blogerlarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!”, - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0