Iqtisod

Oʻzbekistonda 11 oyda qancha avtomobillar import qilingani aytildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorыx narushili PDD
Avtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorыx narushili PDD - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yengil avtomobillarning Oʻzbekistonga import qilinishi esa 2019 yil yanvar-noyabr oylarida 370,6 million dollarga toʻgʻri kelgan.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Joriy yil 11 oyi mobaynida respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 38 269,9 mln dollarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Avtomobili v tonnele - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yoʻllari qurilishi rejalashtirilmoqda

2019 yil yanvar-noyabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 38 269,9 mln.AQSH dollariga yetgan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 9 588,0 mln dollarga oʻsganligi koʻrsatadi.

Ushbu koʻrsatkichdan eksport haji 16 255,1 mln, import hajmi esa 22 014,8 mln dollarga teng boʻlgan.

Shuningdek, Oʻzbekiston bugungi kunda 90 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelayotgani aytiladi.

Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi XXRda 19,2 %, RFda 15,2%, Qozogʻistonda 8,4 %, Koreya Respublikasida 6,6 %, Turkiyada 5,9 %, Germaniyada 2,4 % va Qirgʻizistonda 2,0 % ga toʻgʻri kelgan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 22 014,8 mln dollarga teng boʻlgan. Eng katta amashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari importi 44,1% ni tashkil etgan.

Yengil avtomobillarning Oʻzbekistonga import qilinishi esa 2019 yil yanvar-noyabr oylarida 370,6 million dollarga toʻgʻri kelgan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 52,6 % koʻpayganini koʻrsatadi.  

Yangiliklar lentasi
0