Dunyoda

Rossiya toliblarni hech qachon himoya qilmagan – Rossiya TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishZdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve
Zdaniye Ministerstva inostrannыx del RF na Smolenskoy-Sennoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti direktorining oʻrinbosari Rossiya va radikal harakatning maqsadlari bir-biriga toʻgʻri kelmasligi, ular faqat bir nuqtada kesishishlarini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti direktorining oʻrinbosari Dmitriy Kabayev Rossiya va “Tolibon”* radikal harakatining manfaatlari faqat “Islom davlati”* terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda bir-biri bilan kesishishini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ministerstvo inostrannыx del Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya TIV “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

“Rossiya hech qachon toliblar, “Tolibon” harakatining himoyachisi boʻlmagan. Maqsadlarimiz bir-biriga toʻgʻri kelmaydi, “Tolibon”larning maqsadlari boshqa. Faqat bir nuqtada, biz oʻzining gʻayriinsoniy qonunlarini butun dunyoga yoymoqni istayotgan “Islom davlati” harakatiga qarshi  kurashmoqdamiz, degan joyda kesishadi. “Tolibon” oʻz hududida bu harakatga qarshi kurashmoqda. Faqat shu nuqtada manfaatlarimiz kesishadi”, - dedi Kabayev Rossiya-Afgʻoniston yoshlar forumining yopilish marosimida.

U shu bois Rossiya Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishi, bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar muzokaralar olib borishi uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirayotganini qayd etdi.

Uning soʻzlariga koʻra,  Rossiya barcha bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar muzokaralar olib borishi va afgʻon xalqining oʻzi hukumat tepasida kim va qaysi siyosiy kuch boʻlishi hal qilishini istaydi.

*”Islom davlati” (ISHID, ID), “Tolibon” - Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala