Rossiya toliblarni hech qachon himoya qilmagan – Rossiya TIV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti direktorining o‘rinbosari Rossiya va radikal harakatning maqsadlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, ular faqat bir nuqtada kesishishlarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti direktorining o‘rinbosari Dmitriy Kabayev Rossiya va “Tolibon”* radikal harakatining manfaatlari faqat “Islom davlati”* terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda bir-biri bilan kesishishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

“Rossiya hech qachon toliblar, “Tolibon” harakatining himoyachisi bo‘lmagan. Maqsadlarimiz bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, “Tolibon”larning maqsadlari boshqa. Faqat bir nuqtada, biz o‘zining g‘ayriinsoniy qonunlarini butun dunyoga yoymoqni istayotgan “Islom davlati” harakatiga qarshi  kurashmoqdamiz, degan joyda kesishadi. “Tolibon” o‘z hududida bu harakatga qarshi kurashmoqda. Faqat shu nuqtada manfaatlarimiz kesishadi”, - dedi Kabayev Rossiya-Afg‘oniston yoshlar forumining yopilish marosimida.

U shu bois Rossiya Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi, bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar muzokaralar olib borishi uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra,  Rossiya barcha bir-biriga qarshi kurashayotgan tomonlar muzokaralar olib borishi va afg‘on xalqining o‘zi hukumat tepasida kim va qaysi siyosiy kuch bo‘lishi hal qilishini istaydi.

*”Islom davlati” (IShID, ID), “Tolibon” - Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0