Jamiyat

Joriy yil 11 oyida eng koʻp YTH sodir boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

© GUVD g. TashkentaDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2018 yilda respublika boʻyicha umumiy 8077 ta YTH holatlari sodir boʻlgan. Natijada 2066 kishi vafot etgan, 7564 kishi jarohat olgan.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Joriy yilning oʻtgan 11 oyi davomida 2018 yilning shu davriga nisbatan respublika boʻyicha sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari 11,9 foizga, yaʼni 8077 tadan 7115 taga kamaygan. Bu haqda AOKA agentligida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidagi islohotlar yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Aktrisa Gavhar Sharipova - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Gavhar Sharipovaning vafotiga sabab boʻlgan YTH tafsilotlari maʼlum boʻldi

Maʼlum qilishinishicha, 2018 yilda Respublika boʻyicha umumiy 8077 ta YTH holatlari sodir boʻlgan. Natijada 2066 kishi vafot etgan, 7564 kishi jarohat olgan. 

2019 yilning oʻtgan 11 oyida sodir boʻlgan YTHlari 7115 taga kamaygan boʻlib, natijada 1826 tasi halok boʻlganlik, 6531 ta jarohat olganlik holati qayd etilgan. 

Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati axborot xizmatining matbuot anjumanidan tashqari maʼlum qilishicha, 2019 yilda eng koʻp YTHlar kuzatilgan hududlar  Toshkent shahri, Fargʻona viloyati hamda Toshkent viloyatiga toʻgʻri keladi.

Birgina Toshkent shahrining oʻzida joriy yilning 11 oyi davomida 1005 ta YTH kuzatilgan. Ushbu koʻrsatkich Fargʻona viloyatida 895 ta, Toshkent viloyatida esa 824 tani tashkil etgan.

Sodir boʻlgan YTHlar natijasida halok boʻlganlar soni joriy yilning 11 oyi mobaynida Toshkent viloyatida 256 tani tashkil etgan. Shundan 236 kishi Samarqand viloyati, 203 inson  Fargʻona viloyatida sodir boʻlgan YTH oqibatida halok boʻlgan. 

Jarohat olganlar soni esa Toshkent shahrida 1172 nafar, Fargʻona viloyatida 767,  Toshkent viloyatida esa 699 kishini tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0