Analitika

Qrimda YEIning Qrim koʻprigi boʻyicha eʼtirozlariga javob berishdi

© Sputnik / Andrey Krыlov / Fotobankka oʻtishUkraina zaderjala rossiyskiy tanker
Ukraina zaderjala rossiyskiy tanker - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov soʻzlariga koʻra, YEI oʻz pozitsiyasi sifatida ikkiyoqlama standartlarni namoyon qilmoqda.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Yevropa Ittifoqi Kerch boʻgʻozi orqali koʻprik qurilishi atrofida siyosiy oʻyinga barham berib, ikki tomonlama standart siyosatidan yiroqlashishi lozim, deb bayonot qildi Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov.

Vladimir Putin dal start jeleznodorojnomu dvijeniyu po Krыmskomu mostu - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Vladimir Putin Qrim koʻprigi boʻylab temir yoʻl harakatini ochib berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Qrim koʻprigi boʻylab yoʻlovchi tashish temir yoʻl harakatini rasman ochib berdi. Shu bilan birga yuk temir yoʻl aloqasi 2020 yilning 1 iyulidan yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Shundan soʻng YEI tashqi aloqalar boʻyicha yevropa xizmatining rasmiy saytida temir yoʻl harakati ochilishi "Rossiya tomonidan Ukraina suvereniteti va territorial yaxlitligining yana bir buzilishi" ekanligi aytilgan bayonot paydo boʻldi.

"Allaqanday ball va bonuslar olish maqsadida, Qrim koʻprigi atrofida siyosiy va diplomatik oʻyin olib borishni toʻxtatish kerak. Kerch boʻgʻozi ustidan koʻprik qurilishi - bu tarixiy voqelik, va buni tan olmoq joiz. Rossiya yana bir infratuzilmaviy gʻalabani amalga oshirdi", - dedi RIA Novostiga Bobkov.

Uning soʻzlariga koʻra, YEI oʻz pozitsiyasi sifatida ikkiyoqlama standartlarni namoyon qilmoqda.

"Shunday misollar borki, yevropaliklar bu singari infratuzilmaviy muvaffaqiyatlarga quvonishardi (Daniya va Shvetsiya oʻrtasidagi Eresun koʻprigi), bugun esa ular negadir afsus bildirishmoqda. Bularning barchasi ikkiyoqlama standartlar siyosatidir. Koʻprik qurilishi singari yutuqli ishni "minus" belgisi bilan baholash juda qiyin, shu bois, YEIning bayonoti yovuz niyat bilan bildirilgan", - deb taʼkidladi", - deya qayd etdi regional parlament vitse-spikeri.

Yangiliklar lentasi
0