Madaniyat

Oʻzbekistonda MDHga bagʻishlangan hujjatli filmlar turkumi suratga olinadi

© "Uzbekkino"Vstrecha predsedatelya Ispolkoma SNG Sergeya Lebedeva s gendirektorom "Uzbekkino" Firdavsom Abduxalikovыm v Tashkente
Vstrecha predsedatelya Ispolkoma SNG Sergeya Lebedeva s gendirektorom Uzbekkino Firdavsom Abduxalikovыm v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Filmlar Oʻzbekiston va MDH davlatlarining 2020 yildagi hamkorligi haqida hikoya qilishi va MDHga aʼzo davlatlar davlat kanallari orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. MDH Ijroiya qoʻmitasi Oʻzbekistonning hamkorlikda hujjatli filmlar turkumini yaratish gʻoyasini toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Bu haqda Toshkentda “Oʻzbekkino” Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev maʼlum qildi.

MDH Ijroiya qoʻmitasi MDH davlatlarining yutuq va muvaffaqiyatlari, Hamdoʻstlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixining muhim bosqichlariga bagʻishlangan hujjatli filmlarni yaratishda Oʻzbekistonga har tomonlama yordam beradi.

“MDH Ijroiya qoʻmitasi ushbu qiziqarli loyihani amalga oshirishda Oʻzbekistonga, xususan “Oʻzbekkino” ga har tomonlama yaqindan koʻmak beradi. Biz muzokaralarga, tashkiliy masalalarda maslahatlarimiz bilan yordam berishga tayyormiz. Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonning kelgusi yilda MDHga raislik qilishida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi,”- dedi Lebedev.

U 2020 yilda qanday tadbirlar boʻlib oʻtishi va ularda Oʻzbekistondan suratga olish guruhi qay tarzda ishtirok etishini batafsil gapirib oʻtdi. Shuningdek, Lebedev “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi bilan kinofilmlar boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etishda ham yaqindan yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Shokir Xolikov, rejisser filma Chay - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbek filmlari Xalqaro Osiyo kinofestivalida ilk marotaba gʻolib boʻldi

“Ishonchim komilki, biz ushbu loyihani yuqori darajada amalga oshira olamiz va kelgusi yilning asosiy vaqealarini Oʻzbekistonning MDH ga raislik yili sifatida yoritib beramiz, - dedi “Oʻzbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Taʼkidlanishicha, yaqin kelajakda tomonlar oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolanadi va loyihani batafsil amalga oshirish ishlari koʻrib chiqiladi.

Filmlar Oʻzbekiston va MDH davlatlarining 2020 yildagi hamkorligi haqida hikoya qilishi va MDHga aʼzo davlatlar davlat kanallari orqali namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari kelgusi yilning 16 oktyabrida Toshkentda boʻlib oʻtadigan MDH ga aʼzo davlat rahbarlari sammitida 10 daqiqali hujjatli film tayyorlash va namoyish etish belgilab qoʻyildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala