Jamiyat

Bosh prokuror sogʻliqni saqlash sohasida korruptsiya koʻpayganini maʼlum qildi

© Press-slujba Genprokuraturы RUzGenprokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev.
Genprokuror Uzbekistana Nigmatulla Yuldashev. - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi ikki yilda tizimdagi 581 nafar xodimlar turli jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev sogʻliqni saqlash sohasida korruptsiya koʻpayganini maʼlum qildi. Bu Korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishida aytildi.

Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Tugʻruqxonadagi jirkanch jinoyat: chaqaloq yuz dollarga sotildi

Bosh prokuror sogʻliqni saqlash sohasidagi tamagirlik va suiisteʼmolchilik, tizimning barcha boʻgʻinlarida korruptsiyaning keng ildiz otgani xavotirli ekanini qayd etdi.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi ikki yilda tizimdagi 581  nafar xodimlar turli jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jinoiy   javobgarlikka tortilgan.

Ularning 114 nafari yoki har toʻrtinchisining sodir qilgan qilmishi korruptsiyaviy jinoyat hisoblanadi.

“Eʼtibor bering! 2018 yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi oʻtkazgan soʻrovda ishtirok etganlarning 34 foizi sogʻliqni saqlash tizimida korruptsiya keng tarqalgan degan fikrni bildirgan boʻlsa, 2019 yilda bu salbiy koʻrsatkich 43 foizni tashkil   etgan”,  - dedi bosh prokuror.

Maʼlum boʻlishicha, hamshiralikka qabul qilish evaziga 500 dollar yoki kichik tibbiy xodim sifatida ishga qabul qilish evaziga 200 dollar tibbiyot xodimlari jinoib javobgarlikka tortilgan.

Yoʻldoshevning soʻzlariga qaraganda, kadrlar bilan ishlashdagi bunday vaziyat, xodimlarning ijtimoiy himoyasi zaifligi nafaqat kadrlar qoʻnimsizligiga, balki tajribali va yetuk mutaxassislarning xususiy  sektorga yoki chet davlatlarga ishga oʻtib ketishiga olib kelmoqda.

Birgina, respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazidan soʻnggi uch yilda 242 nafar mohir shifokor xususiy klinikalarga ishga oʻtgan yoki xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala