Jamiyat

Bozor yaqinida va yer osti yoʻllarida mahsulot sotish taqiqlanadi – hukumat qarori

© Flickr / Dan LundbergUzbekskiy rыnok "Chorsu"
Uzbekskiy rыnok Chorsu - Sputnik Oʻzbekiston
Yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda, avtomobil yoʻllarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Portfel s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda xususiylashtirishda bozor iqtisodiyotiga mos tizimga oʻtiladi

Hujjat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori (15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida quyidagi mazmundagi 42 kichik band bilan toʻldirish taklif etilgan:

“42. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yoʻllarida, koʻpriklarda, avtomobil yoʻllarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi”;

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari (61-modda)ning 13-bandini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yoʻlaklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala