Analitika

Yevropa aholisi Rossiya va YEI oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston
"Sputnik.Mneniya" oʻtkazgan soʻrovga koʻra, Gʻarbiy Yevropa davlatlari aholisining aksariyati Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. "Sputnik.Mneniya" oʻtkazgan soʻrovga koʻra, Gʻarbiy Yevropa davlatlari aholisining aksariyati Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi.

Soʻrovnomada germaniyaliklar 84 %, italiyaliklar 78%, frantsiyaliklar 75 % va buyuk britaniyaliklar 68 %  “Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istagan boʻlarmidiz?” degan savolga “ha” deb javob berishgan.

Germaniyada 10%, Italiya va Frantsiya 13%, Buyuk Britaniyada 16% “yoʻq” deb javob berishdi.

Siz Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishini istagan boʻlarmidiz?
Yevropa aholisi Rossiya va YEI oʻrtasida munosabatlar yaxshilanishini istaydi - Sputnik Oʻzbekiston
Siz Rossiya va Yevropa ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishini istagan boʻlarmidiz?

Soʻrov Frantsiyaning eng tajribali izlanishlar kompaniyasi boʻlgan IFop tomonidan 2-15 oktyabr kunlari oʻtkazildi. Unda balogʻat yoshiga yetgan 4012 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Soʻralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. Soʻrov xatolik ehtimoli 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qildi.

Oliy maʼlumotli kishilar, toʻliq va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotga ega boʻlganlarga qaraganda koʻproq Rossiya va YEI oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilanishi tarafdori ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, barcha toʻrt mamlakatda erkaklar ayollardan koʻra faolroq Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishi tarafdori boʻlgan.

Sputnik (sputniknews) — dunyoning 90 dan ortiq shaharlarida va internetda rus, ingliz, frantsuz va boshqa tillarda analog va raqamli eshittirishlar, 33 tilda multimedia mamlakatlari va mintaqaviy internet saytlarini birlashtirgan eng yirik xalqaro ommaviy axborot vositalaridan biri.

Sputnik yangiliklar lentasi 24 soat davomida butun dunyo boʻylab yetakchi nashrlarga ingliz, arab, ispan, xitoy va fors tillarida maʼlumot taqdim etadi.  

Sputnik axborot resurslari auditoriyasi oyiga 60 milliondan oshadi, Sputnik China va Veybo akkauntlarida 10,5 milliondan ortiq obunachilari bor.

Pekindan Montevideogacha butun dunyodagi 22 ta tahririyat markazlarida oʻnlab millat mingdan ortiq xodim ishlaydi.

Sputnik “Rossiya segodnya” media guruhiga kiradi. Sputnik bosh ofisi Moskvada joylashgan.

2015 yil yanvarda “Sputnik.Mneniya” xalqaro loyihasi boshlangan. Uning doirasida muntazam ravishda Yevropa va AQSH mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar boʻyicha soʻrov oʻtkaziladi. Loyiha sheriklari Populus, IFop va forsa taniqli xalqaro tadqiqot kompaniyalari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala