Dunyoda

Germaniya matbuoti NATOning Rossiyaga hujum qilish "repetitsiya"sini fosh qildi

© REUTERS / Ints KalninsTank SSHA M1 "Abrams" na voyennыx ucheniyax v Adaji
Tank SSHA M1 Abrams na voyennыx ucheniyax v Adaji - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH va Yevropa qoʻshinlarini ishtirokida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. Germaniyaning nashri Junge Welt yozishicha, AQSH va Yevropa qoʻshinlarini ishtirokida 25 yil davomida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Emblema Severo-atlanticheskogo alyansa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Germaniya nashri Rossiyaning NATOga kirishi muhimligini tushuntirdi

Maqola muallifi yozishicha, stsenariyga koʻra, yil boshida boshlanadigan tadbirlarda harbiylar Atlantikadan Gʻarbiy Yevropaga joʻnatiladi. Keyinchalik Polsha va Boltiqboʻyi davlatlariga – “imkon qadar Rossiya chegarasiga yaqin” joyga olib boriladi.

“Rasmiy ravishda, bu AQSH harbiylarining mashqlari, ammo aslida NATOga aʼzo davlatlar Rossiya bilan urush boʻlgan taqdirda hujum qilishni repetitsiya qilishadi”, - deb yozilgan maqolada.

Junge Welt maʼlumotlariga qaraganda, mashqlarning bir qismi sifatida, amerikaliklar qoʻshinlarning Yevropaga koʻchishi paytida logistika samaradorligini sinab koʻrishadi va Germaniya ushbu tadbirda muhim rol oʻynaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala