Iqtisod

Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga qanday oʻzgarishlar kiritildi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovZdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti direktori Abrorxoʻja Turdialiyev Markaziy bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki boshqaruvi tarkibiga kiritilgan oʻzgarishlar tasdiqlandi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
MB soʻm denominatsiya qilinishi haqidagi xabarni rad etdi

Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga koʻra Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudentsial nazorati departamenti direktori Abrorxoʻja Turdialiyev Markaziy bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha "El-yurt umidi" jamgʻarmasi direktori v.b., i.f.d., professor Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universitetining Amaliy iqtisod boʻyicha magistratura kursi rahbari, falsafa doktori (PhD) Ziyodullo Parpiyev MB boshqaruvining mustaqil aʼzolari etib tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala