Siyosat

Mirziyoyev prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligini qisqartirdi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston
Prokuratura va DXX xodimlarini maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi rahbar roziligi talab qilinmaydi. Mirziyoyev ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat “Xalq soʻzi” nashrida 25 dekabr kuni eʼlon qilindi va shu kundan qonuniy kuchga kirdi.

“Prokuratura” toʻgʻrisidagi qonunning 49-moddasidagi (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi)  prokuratura organlari xodimlarining maʼmuriy huquqbuzarlik va intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi degan band chiqarib tashlangan.

“Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunining 37-moddasidan (DXX harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari)  DXX harbiy xizmatchisi tegishincha Qoraqalpogʻiston, viloyat va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas degan band chiqarib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala